Lyudmila Filipova
| Lyudmila Filipova | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
10-aprel 1977-yil |
| Ijod qilgan tillari | Bolgar tili |
| Fuqaroligi | Bolgariya |
| Taʼlimi | iqtisodiyot |
| Alma mater | Milliy va jahon iqtisodi universiteti |
| Janr | fantastika, tarixiy, triller |
| Tanlangan asarlari | „Anatomy of Illiusions“, „The War of the Letters“, „Danteʼs Antichthon“, „The Parchment Maze“ |
| Veb-sayti | |
| ludmilafilipova.com | |
Lyudmila Orlinova Filipova (bulg‘orcha: Людмила Орлинова Филипова; 1977-yil 10-aprelda tugʻilgan) – bolgariyalik yozuvchi va jurnalist. 2006-yildan buyon yettita roman yozgan va ushbu romanlarning barchasi bestsellerga aylangan. 2011-yilning oktyabr oyida National Geographic telekanalining bir guruh jamoasi uning „The Parchment Maze“ nomli romanida tasvirlangan kashfiyotlar asosida hujjatli film suratga olgan. 2011-yilning noyabr oyida uning romanlari asosida ishlangan „Glass Butterflies“ va „Scarlet Gold“ filmlari Bolgariya Milliy Kino Markazi tomonidan tashkil etilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2014-yilda nashr etilgan „The War of the Letters“ kitobi uning oxirgi asari boʻlib, unda Simeon I davrida kirill alifbosining yaratilishi haqida hikoya qilinadi. Koʻplab tanqidchilar bu asarni Bolgariya tarixidagi eng muhim voqealardan biri haqidagi noyob hikoya sifatida baholaydilar[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyudmila Filipova 1977-yil 10-aprelda Bolgariyaning Sofiya shahrida dunyoga kelgan. Bolgariya sobiq bosh vaziri Grisha Filipovning nabirasi. Sofiyadagi Milliy va Jahon iqtisodiyoti universitetini yuqori baholar bilan tamomlagan va 2000-yilda bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik City universitetini tamomlab, umumiy boshqaruv boʻyicha MBA darajasiga ega boʻlgan. Filipova 2009-yilda Oksford universitetida ijodiy yozuvchilik mutaxassisligini olgan. Keyinchalik SAP Bolgariya nemis dasturiy taʼminot kompaniyasi marketing boʻlimi direktori sifatida ishlagan. Shuningdek, Desiderata reklama agentligi bosh direktori va „Marketing&Media“ jurnalining bosh muharriri boʻlgan. Bundan tashqari, Filipova MEDIMAG-MS tibbiy uskunalar kompaniyasining tijorat boʻlimi direktori sifatida ham faoliyat yuritgan[3].
Filipova Bolgariyada „7 DAYS“ hamda „Triada“ (CNNning mahalliy hamkori) telemuxbiri sifatida tanilgan. U Bolgariya gazetalarida, jumladan, „24 Hours“, „Monitor“, „Novinar and Economic Life“, shuningdek, „Tema“, „BusinessWeek“ va „Marketing&Media“ jurnallarida 30 dan ortiq maqolalar chop etgan. „Marketing&Media“ jurnalining bosh muharriri sifatida ham faoliyat yuritgan. 2004-yilda Filipova „Novoto Vreme“ liberal siyosiy partiyasi aʼzosiga aylangan[4]. 2011-yil dekabrda esa „Yil ayoli“ mukofotining Madaniyat va sanʼat yoʻnalishida gʻolib deb topilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mila Vacheva, Lyudmila Filipova: Bitkata e bila da govorim i pishem na bʼlgaritsa
- ↑ BTV, Biography of Lyudmila Filipova
- ↑ Yelektronno izdatelstvo „Liternet“, Kratka biografiya na Lyudmila Filipova
- ↑ Evelina Gecheva, „Lyudmila Filipova, chlen na organizatsionniya komitet na partiya Novo vreme: Bʼlgariya ima nujda ot potomstveni polititsi“ (Wayback Machine saytida 2014-10-16 sanasida arxivlangan), Monitor, 10 July 2004.