Lyej aeroporti
Lyej aeroporti Aéroport de Liège | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
IATA kodi: LGG – ICAO kodi: EBLG | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Vallon hukumati & xususiy investorlar | ||
Operator | Liege Airport s.a. | ||
Xizmat doirasi | Lyej | ||
Joylashuvi | Grâce-Hollogne, Lyej provinsiyasi, Belgiya | ||
Havo yoʻli tuguni |
| ||
Dengiz sathidan balandligi | m / 659 ft | ||
Koordinatalari | 50°38′11″N 005°26′34″E / 50.63639°N 5.44278°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
04R/22L | 3,690 | 12,106 | Asfalt |
04L/22R | 2,340 | 7,677 | Asfalt |
Maʼlumotlar (2018) | |||
Yuk (tonna) | 871,000 | ||
Yoʻlovchilar soni | 299,292 | ||
Manbalar: Belgiya AIP[1] |
Lyej aeroporti, ilgari Lyej-Bierset aeroporti deb atalgan, (IATA: LGG, ICAO: EBLG) – Belgiyaning Lyej shahridan 5 dengiz milyasi (9,3 kilometr; 5.8 milya) gʻarbda[1] Grâce-Hollogneda joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport, asosan, aviayuklarni tashishga ixtisoslashgan. 2021-yil yakuniga koʻra, aeroport orqali 1 412 498 tonna (+26%) yuk tashiklgan. Lyej aeroporti yuk tashish boʻyicha Yevropadagi 5-, dunyodagi 22-eng yirik aeroport hisoblanadi[2].
Umumiy maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport Lyej provinsiyasining Grâce-Hollogne munitsipalitetida, Lyej shahrining shimoli-gʻarbida, Belgiyaning sharqida joylashgan. Bu hududdagi birinchi terminal 1930-yilda faoliyat boshlagan[3].
Aeroport, asosan, yuk/kargo maqsadida foydalaniladi, biroq yoʻlovchilar uchun ham bir qator yoʻnalishlarga (asosan charter) xizmat qiladi. Lyej Yevropa yuklarining 66% (London bilan qoʻshib hisoblaganda 75%) tashiladigan Parij – Amsterdam – Frankfurt oltin uchburchagining markazida joylashgan. 2018-yilda Yevropadagi yettinchi eng yirik kargo aeroporti boʻlgan. Lyej aeroporti Belgiyadagi eng yirik yuk aeroporti hamda Brussel va Brussel-Sharlerua aeroportlaridan keyin uchinchi eng yirik yoʻlovchi aeroportidir[4]. Bu ASL Airlines Belgium aviakompaniyasining (sobiq TNT Airways) global markazi boʻlib, shuningdek, bir nechta boshqa yuk tashuvchilar tomonidan muntazam yoki nomuntazam foydalaniladi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoʻlovchi tashish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil iyul holatiga koʻra, TUI fly Belgium Lyej aeroportidan muntazam va mavsumiy yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradigan yagona aviakompaniya hisoblanadi[5].
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
TUI fly Belgium[5] | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() Mavsumiy: ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Yuk tashish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Canada Cargo[7] | ![]() ![]() |
Air China Cargo[8] | Xanchjou[9], Shanxay–Pudong |
ASL Airlines Belgium[10] | ![]() ![]() ![]() |
Atlas Air, ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Beijing Capital Airlines, ![]() |
![]() |
CAL Cargo Air Lines, ![]() |
![]() ![]() ![]() ![]() |
China Cargo Airlines[15] | ![]() |
CMA CGM Air Cargo, ![]() |
![]() ![]() |
Compass Cargo Airlines, ![]() |
Sofiya, ![]() |
Ethiopian Cargo[18] | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
FedEx Feeder[19] | ![]() ![]() ![]() ![]() |
Icelandair Cargo[20] | ![]() |
Magma Aviation[21] | Abuja (![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
MSC Air Cargo[22] | ![]() ![]() ![]() |
MyFrieghter | Toshkent |
Network Aviation Group[23] | Abuja (![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Qatar Airways Cargo[24] | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
SF Airlines, ![]() |
![]() |
Uzbekistan Airways | Toshkent |
Yer usti transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashina
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport E42 (3-chiqish) yonida, muhim magistral kesishmasiga yaqin joylashgan.
Avtobus
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekspress avtobus (57-raqamli) aeroportni Lyej-Guillemins bilan bogʻlaydi, u yerda mahalliy, milliy va tezyurar xalqaro poezdlar (Thalys, ICE) bilan ulanish mumkin. 53-raqamli avtobus Lyej shahar markaziga (Place Saint-Lambert) boradi, u yerda Lyej-Saint-Lambert temir yoʻl vokzali va avtobus markaziga, Pont-de-Seraing temir yoʻl stansiyasi va avtobus markaziga ulanish mumkin. 83- va 85-sonli avtobuslar aeroportni Lyej shahar markazi (Place Saint-Lambert) bilan bogʻlaydi, u yerda Lyej-Sent-Lambert temir yoʻl stansiyasi va avtobus markazi hamda Bierset-Avans temir yoʻl stansiyasi bilan aloqa mavjud.
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 20-fevralda Niderlandiyaning Maastrixt Axen aeroportidan Nyu-York shahridagi Jon F. Kennedi xalqaro aeroportiga yoʻl olgan Longtail Aviation aviakompaniyasining 5504-reysini[26] amalga oshirayotgan Boeing 747-400 yuk tashuvchi samolyoti bir dvigateli yonib ketgandan yoʻnalishini boshqa tomonga oʻzgartirishga majbur boʻldi va uning qoldiqlari Meerssen shahri ustiga qulab tushdi. Yerdagi ikki kishi jarohatlandi[27].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Andoza:AIP BE
- ↑ „Top Europe Cargo Statistics“. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Liege Airport“. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
- ↑ 2009 report
- ↑ „Flight plan“. tuifly.be. 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-noyabr.
- ↑ „TUIfly Belgium Adds Liege – Nador in NS25“. Aeroroutes. Qaraldi: 2024-yil 7-noyabr.
- ↑ „AIR CANADA CARGO ADDS BASEL/MULHOUSE SERVICE IN APRIL 2023“. AeroRoutes (2023-yil 1-mart). Qaraldi: 2023-yil 1-mart.
- ↑ Ltd, DVV Media International „Air China Cargo lands at Liege Airport“. Air Cargo News. 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-noyabr.
- ↑ „Cainiao adds new route with Air Cargo China connecting Hangzhou, Liege“. www.stattimes.com (2020-yil 14-avgust).
- ↑ aslairlines.be – Scheduled retrieved 4 November 2021
- ↑ aircargonews.net retrieved 7 January 2020
- ↑ „Atlas Air Schedule“. Atlas Air. 2023-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-dekabr.
- ↑ „Beijing Capital brings another freighter service to Liege“. Air Cargo News (2024-yil 26-iyun). Qaraldi: 2024-yil 27-iyun.
- ↑ cal-cargo.com – Network retrieved 17 November 2019
- ↑ „Shandong launches new air cargo route to Belgium“. ecns.cn. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ CMA CGM | Regular flights retrieved 14 May 2022
- ↑ https://www.ch-aviation.com/news/146517-bulgarias-compass-cargo-airlines-launches-china-ops
- ↑ cargoethiopianairlines.com – Cargo Network (Wayback Machine saytida 2023-04-06 sanasida arxivlangan) retrieved 28 March 2020
- ↑ aerotelegraph.com – „FedEx expands in Stuttgart“ (German) 28 February 2023
- ↑ icelandaircargo.com – Flight schedule retrieved 28 October 2018
- ↑ magma-aviation.com – Schedule retrieved 21 August 2023
- ↑ „Schedule“. MSC Air Cargo. Qaraldi: 2023-yil 2-iyul.
- ↑ network-airline.com - Schedule (Wayback Machine saytida 2024-06-23 sanasida arxivlangan) retrieved 21 August 2023
- ↑ qrcargo.com – Schedule retrieved 16 July 2020
- ↑ „SF Airlines launches new China-Belgium air cargo route“. Air Cargo News (2023-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Engine parts drop from Boeing 747 cargo plane in Netherlands“ (2021-yil 22-fevral).
- ↑ „Two injured after cargo plane's engine bursts into flames, drops debris over Dutch town“. www.msn.com.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Liège Airport mavzusiga oid fayllar bor
- Rasmiy sayti (fransuzcha and niderlandcha)