Lydia Koidula
Lydia Jannsen (Koidula) | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Lydia Emilie Florentine Lipakas 24-dekabr 1843-yil Vändra, Estonia (keyinchalik Livonia guberniyasi]], Rossiya imperiyasi) |
Vafoti |
11-avgust 1886-yil (42 yoshda) Kronstadt, Rossiya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Kasbi | |
Turmush oʻrtogʻi |
Eduard Michelson (turm. 1873) |
Bolalari | 4 |
Otasi | Johann Voldemar Jannsen |
Lydia Emilie Florentine Jannsen (1843-yil 24-dekabrda tugʻilgan – 1886-yil 11-avgustda vafot etgan) – asosan, Koidula taxallusi bilan tanilgan eston shoirasi. Taxallusi Lydia eston tilida „Tong“ degan maʼnoni anglatadi. Unga bu nomni yozuvchi Carl Robert Jakobson bergan, shuningdek, taxallusi Koidulaulik (tarjimasi „Tong kuychisi“) deb ham atalgan.
XIX asr oʻrtalarida Yevropaning boshqa mamlakatlarida boʻlgani kabi Estoniyada ham obroʻli yosh ayol uchun yozuvchilik munosib kasb hisoblanmas edi. Shu sababli Koidulaning sheʼriy ijodi hamda mashhur jurnalist boʻlgan otasi Joxann Voldemar Janssen (1819–1890) uchun yozgan ijod namunalari anonim holda eʼlon qilingan. Shunga qaramay, Koidula oʻz davrining yirik adabiy arbobi, Estoniya teatrining asoschisi sanaladi. U oʻsha davrning taniqli radikali Carl Robert Jakobson (1841–1882) va eston xalq eposi „Kalevipoeg“ (Kalevning oʻgʻli) muallifi Friedrich Reinhold Kreutzwald (1803–1882) bilan yaqin aloqada boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan Koidula Estoniya xalq shoirasi maqomiga ega boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lydia Jannsen Estoniyaning Vändra (Fennern) shahrida tugʻilgan. 1850-yilda oilasi yaqin atrofdagi Pyarnu shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda 1857-yilda otasi Johann Voldemar Jannsen eston tilidagi birinchi mahalliy gazetani tashkil etgan. Lydia esa shu shahardagi nemis tilida oʻqitiladigan gimnaziyada tahsil olgan. Jannsenlar oilasi 1864-yilda Tartu shahriga koʻchib oʻtgan.
Milliy ruhdagi har qanday ifoda, jumladan, mahalliy tillarda oʻz asarlarini nashr qilish Rossiya imperiyasi hududida nozik masala hisoblangan. Biroq imperator Aleksandr II (1855–1881) hukmronligi nisbatan liberalligi bilan ajralib turgan davr boʻlgan, Janssen 1864-yilda imperatorlik senzurasini koʻndira olgan va butun Estoniya boʻylab tarqaladigan birinchi eston tilidagi gazetani chop etishga ruxsat olgan[2]. Pyarnudagi har ikkala mahalliy hamda respublika miqyosida bosiladigan gazeta ham Postimees („Xabarchi“) deb nomlangan. 1873-yilda Lydia harbiy shifokor Eduard Mishelson bilan turmush qurib, Sankt-Peterburg yaqinidagi orolda joylashgan Rossiya harbiy-dengiz bazasi Kronshtadtga koʻchib oʻtgan. 1876–1878-yillar oraligʻida Mishelsonlar oilasi Breslau, Strasburg va Vena shaharlariga safar qilgan. Koidula Kronshtadtda 13 yil yashagan, shu yillar davomida yoz oylarini Estoniyada oʻtkazgan boʻlsa-da, vatanga boʻlgan sogʻinchi hech qachon bosilmagan. Lydiya Koidula uch farzandning onasi edi.
1886-yil 11-avgustda koʻkrak bezi saratonidan vafot etgan. Uning soʻnggi sheʼri „Enne surma – Eestimaale!“ („Oʻlim oldidan – Estoniyaga!“) deb nomlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Richard C. Frucht „Estonia“, . Eastern Europe: An Introduction to the People, Lands, and Culture. ABC-Clio, 2005 — 91-bet. ISBN 1-57607-800-0.
- ↑ Gunter., Faure. The Estonians : the long road to Independence, Mensing, Teresa., London: Lulu.com, 2012 — 145–146-bet. ISBN 978-1105530036. OCLC 868958072.