Lyanos-orinoko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyanos-orinoko - Kolumbiya va Venesueladagi tabiiy oʻlka. Orinoko daryosining chap sohili, shim.-gʻarbdan And togʻlari, sharqdan Gviana yassitogʻligi va jan.da Guavyare daryosi oraligida joylashgan. Relyefi tekislik. Iklimi subekvatorial, issiq iqlim. Nam va quruk, mavsumlar keskin ravishda oʻzgaradi. Yillik yogʻin 1000—1600 mm. Savanna oʻsimliklari usadi. Ekstensiv chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Paxta, makkajoʻxori, sholi ekiladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil