Luxemburg shahri tarixi muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luxemburg shahri tarixi muzeyi
Historisches Museum der Stadt Luxemburg 8325-026.jpg
Asos solingan sana 1996-yil 22-iyun
Joylashuvi Luxemburg shahri

Koordinatalari: 49°36′35.64″N 6°8′0.60″E / 49.6099000°N 6.1335000°E / 49.6099000; 6.1335000 G O

Luxemburg shahri tarixi muzeyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luxemburg shahri tarixi muzeyi doimiy va vaqtinchalik ekspanadlar bilan Luxemburg shahrining ming yillik tarixini ko'rsatadi.1996-yil 22-iyunda ochilgan. Bu Luxemburglik arxitektor Konni Lentz va Parishlik Reperages tomonidan yaratilgan[1][2].

Muzey[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xuddi shahar kabi qadimiy me'morchilik va zamonaviy qo'shimchaalarni birlashtirgan. Bu 17-19-asrlarda qayta tiklangan to'rtta uyda joylashgan bo'lib, bularda hali ham O'rta asrlarga oid arxeologik izlar saqlanib qolgan.Qadimgi binolarni va muzeyga tashrif buyuruvchilarning umidlari bilan birlashtirishga misol qilib, suzuvchi oynali fasad va barcha qavatlarning keng ko'rinishini taqdim etadigan panoramali liftni keltirish mumkin[3]. Liftning ulkan shisha xonasi 65 kishiga pastki qavatdagi qoyatosh poydevorini va yana yuqori qavatdagi shaharning Grund tumani va Rham platosini ko'rish imkonini beradi, bu esa Lyuksemburgning asrlar davomidagi tarixi bosqichlarini ochib beradi[4].1990-yillar boshida qazish ishlari paytida topilgan qadimiy, gumbazli yerto'lalar ham qiziqish uyg'otishi mumkin[5].

Joylashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey eski shahardagi Rue du Saint-Esprit ko'chasida joylashgan. U dushanbadan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha jamoatchilikka ochiq[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Musée d'histoire de la Ville de Luxembourg", Luxemburger Lexikon, Editions Guy Binsfeld, 2006.
  2. 2,0 2,1 "Musée d'histoire de la Ville de Luxembourg". Retrieved 22 December 2010.
  3. "Profile - Luxembourg City History Museum" (Wayback Machine saytida 2012-10-23 sanasida arxivlangan), Saatchi Online. Retrieved 22 December 2010.
  4. "Architecture" (Wayback Machine saytida 2012-03-16 sanasida arxivlangan), Musée d'histoire de la Ville de Luxembourg. Retrieved 23 December 2010.
  5. "Sites d'exposition" (Wayback Machine saytida 2012-03-06 sanasida arxivlangan), Manifesta 2. (fransuzcha) Retrieved 23 December 2010.