Avrelian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lutsiy Domitsiydan yoʻnaltirildi)

Avrelian, Lutsiy Domitsiy (214– 275) – Rim imperatori (270 yildan). Du-nay legionlari tomonidan imperator deb e’lon qilingan. A. Rim imperiyasi chegaralarini tiklagan; getlarni Dunay ortiga uloqtirib tashlagan, alemannlarni Resiya va Italiyadan siqib chiqarib, Galliyani boʻysundirgan, biroq Dakiyani qoʻldan chiqargan. Ichki siyosatda mutlaq imperatorlik hokimiyatini oʻrnatishga harakat qilgan (ilk bor rasman janob va tangri – Dominus et deus deb atal-gan), mamlakatda yalpisiga yangi ma’bud – quyosh tangrisiga sajda qilishni jo-riy qilgan. 273 yil Rimda monetariylar harakatini bostirgan. A. davrida Rimni varvarlardan himoya qilish maqsadida Avrelian devori qurilgan (harobalari saqlangan). A. fitnachilar tomonidan oʻldirilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avrelian" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil