Lutfulla olimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lutfulla olimiy (1893, Na mangan — 1969, Qoʻqon) — oʻqituvchi va jurnalist. Namangan madrasalarining birida tahsil koʻrgach, 1916 yilda Ufaga borib, Madrasai Oliyada oʻqigan. 1917 yil Fevral voqealaridan keyin yurtiga qaytib, Namanganda tashkil etilgan "Namuna" maktabida oʻqituvchi (1918—23), shahar xalq maorif boʻlimi, madaniy oqartuv mu-assasida mudir, shahar ijroiya qoʻmitasida kotib (1924) boʻlib ishlagan. Ayni paytda "Nashri maorif" jamiyati viloyat boʻlimining kotibi (1921—23). Soʻng Qoʻqonga koʻchib borib, 1930 yilga qadar "Fargʻona" ("Yangi Fargʻona") gaz.da muharrir oʻrinbosari (1925—27) va muharrir (1928— 30) lavozimlarida xizmat qilgan. 1930 yilda "Milliy ittiqod" tashkilotining aʼzosi sifatida qamoqqa olingan. 1937 va 1949 yillarda 3-marotaba qatagʻon etilgan. Qamoqdan qaytgach, xoʻjalik ishlarida xizmat qilgan. "Nodira" (1923), "Qizil adabiyotning hozirgi ahvoli" (1924), "Unutilmas shoir" (Soʻfizoda haqida, 1925) kabi maqolalari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil