Lutfulla mutallib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lutfulla mutallib (1922.11.16 — 1945.9.18) — uygʻur shoiri. Hozirgi zamon Shinjong uygʻur adabiyotining asoschilaridan biri. Dastlab Gʻuljadagi boshlangʻich maktabda (1932—36), soʻngra Ilidagi rus gimnaziyasida, Urumchidagi Oʻlka oʻqituvchilar tayyorlash institutida (1936—41) oʻqigan. 1941 — 44 yillarda "Sin Szyan gaziti" va "Oqsuv gaziti"da ishlagan. Sheʼrlari 1937 yildan "Ili daryosi" gaz.da eʼlon qilingan ("Biz Sin Szyan farzandlari" va boshqalar). "Muhabbat va nafrat" (1956) dostoni uygʻur xalqining jamiyat illatlariga qarshi kurashiga bagʻishlangan. L. M. hajviy hikoyalar, "Dovonlar oshganda" nomli roman, "Samsoq akang qaynaydi", "Boʻrondan keyin oftob", "Chaman va Polvon", "Kurash qizi", "Tohir va Zuxra" kabi pyesalar yozgan.

Manbalar[tahrir]

  • Yoshlik xuddi chaqmoq, T., 1976; Yillarga javob, T., 1983.