Luson (orol)
Luson — Filippin arxipelagidagi eng katta orol, Tinch okeanda. Mayd. 105,6 ming km². Relyefi, asosan, oʻrtacha balandlikdagi tog , eng baland joyi 2934 m (Pulog togʻi) va sohilboʻyi tekisliklaridan iborat. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari parchalangan, qulay qoʻltiq va buxta koʻp. Harakatdagi vulkanlar bor. Foydali qazilmalardan oltin, xromit, temir va mis rudalari uchraydi. Iklimi subekvatorial, mussonli. Yiliga 3000 mm gacha yoshn yogʻadi. Tez-tez tayfunlar bulib turadi. Togʻlari doim yashil subekvatorial urmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. 10 dan ortiq milliy park tashkil etilgan. Sohil qismi va vodiylarda aholi zich joylashgan. Q.x. ekinlaridan sholi, makkajoʻxori, tamaki, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi oʻstiriladi. L.da Keson-Siti, Manila sh.lari, AQShning yirik harbiy bazalari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir]
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |