Luke Armstrong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luke Armstrong
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Luke Thomas Armstrong[1]
Tavallud sanasi 2-iyul 1996-yil (1996-07-02) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Durham, Angliya[3]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Harrogate Town
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Middlesbrough
2014—2015 Birmingham City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Cowdenbeath 6 (0)
2016—2017 Blyth Spartans 42 (23)
2017—2019 Middlesbrough 0 (0)
2018Gateshead (ijara) 17 (10)
2019Accrington Stanley (ijara) 16 (3)
2019—2021 Salford City 25 (1)
2020—2021Hartlepool United (ijara) 28 (13)
2021 Harrogate Town 63 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Luke Thomas Armstrong (talaffuzi: Lyuk Tomas Armstrong) (1996-yil 2-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Luke Armstrong Ikkinchi liga vakili „Harrogate Town“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luke Armstrong oʻzining futbolchilik faoliyatini „Middlesbrough“ futbol klubida boshlagan va 2014-yilning yozida klubni tark etguniga qadar klub akademiyasining yoshlar jamoalarida koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazgan edi[4]. Keyinchalik Luke Armstrong muvaffaqiyatli sinov muddatidan soʻng bir yillik shartnoma asosida „Birmingham City“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshildi, biroq 2015-yilning yozida „Birmingham City“ futbol klubi bilan shartnomasi uzaytirilmasligi haqida xabar olgandan soʻng klubni tark etadi[5].

Keyin Armstrong Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Cowdenbeath“ futbol klubi bilan muvaffaqiyatli sinov muddatini oʻtkazdi va klub safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi[6]. Klub bilan olti oy oʻtgach, Armstrong shartnomani bekor qilishga qaror qildi[7].

Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Armstrong „Blyth Spartans“ futbol klubiga qoʻshildi[8]. Luke Armstrong mavsum davomida 23 ta gol urib, jamoasiga Northumberland kubogi va liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi[9].

Salford City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 26-iyulida Luke Armstrong 3 yillik shartnoma imzolab, doimiy transfer boʻyicha yangi Ikkinchi Liga vakili „Salford City“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[10]. Luke Armstrong klub safidagi oʻzining ilk golini „Walsall“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0 hisobida gʻalaba) kiritishga muvaffaq boʻldi[11].

2020-yil 7-dekabrda Armstrong „Hartlepool United“ futbol klubiga 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qoʻshildi[12]. Armstrong „Hartlepool“ futbol klubi uchun ilk oʻyinini „Kingʻs Lynn“ klubiga qarshi (2:0 hisobida gʻalaba) uchrashuvda oʻtkazdi[13]. Armstrong „Hartlepool“ klubi uchun barcha musobaqalarda 15 ta gol urdi.

Harrogate Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 26-iyunda Luke Armstrong „Harrogate Town“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[14]. Armstrong 2021—2022-yilgi mavsum oxirida klub bilan (2025-yilning yozigacha amal qiladigan) yangi shartnoma imzoladi[15][16].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luke sobiq „Stockport County“, „Middlesbrough“ va „Ipswich Town“ futbol klublari hujumchisi Alun Armstrongning oʻgʻlidir. Luke Armstrong Wolsingham maktabida oʻqigan[17].

2021-yil dekabr oyida Armstrong Wolsinghamda № 10 nomli kafe ochgan[18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Cowdenbeath 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 6 0 0 0 1 0 1 0 8 0
Blyth Spartans 2016—2017 Premer liga 42 23 0 0 0 0 0 0 42 23
Middlesbrough 2017—2018 Chempionat 0 0 0 0 0 0 3 3 3 3
2018—2019 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 3 3 3 3
Gateshead (ijara) 2018—2019 Milliy liga 18 10 2 0 0 0 1 1 21 11
Accrington Stanley (ijara) 2018—2019 Birinchi liga 16 3 0 0 0 0 0 0 16 3
Salford City 2019—2020 Ikkinchi liga 21 1 2 0 0 0 3 3 26 4
2020—2021 Ikkinchi liga 4 0 1 0 1 0 1 0 7 0
Jami 25 1 3 0 1 0 4 3 33 4
Hartlepool United (ijara) 2020—2021 Milliy liga 28 13 0 0 0 0 4 2 32 15
Harrogate Town 2021—2022 Ikkinchi liga 45 12 2 1 0 0 3 1 50 14
2022—2023 Ikkinchi liga 18 2 1 0 1 0 2 0 22 2
Jami 63 14 3 1 1 0 5 1 72 16
Jami 198 64 8 1 3 0 18 9 227 75

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Temporary Transfers of Players under Written Contract Between 01/07/2018 and 31/07/2018“. The Football Association. 24-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Luke Armstrong“. mfc.co.uk. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  3. „Luke Armstrong“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 26-oktabr 2019-yil.
  4. „Triallist Luke Armstrong Handed Birmingham Deal“. birminghammail.co.uk. Birmingham Mail (18-avgust 2014-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  5. „Birmingham City Offer New Deal To Talented Teenager Charlee Adams“. birminghammail.co.uk. Birmingham Mail (26-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  6. „Cowdenbeath Sign Ex-Middlesbrough and Birmingham City Youngster Luke Armstrong and Sam Orritt“. deadlinenews.co.uk. Deadline News (24-iyul 2015-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  7. „Striker Leaves Cowdenbeath After Six Month's Service“. centralfifetimes.com. The Central Fife Times. Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  8. „Blyth Spartans 3–2 North Shields“. chroniclelive.co.uk. The Chronicle (26-aprel 2017-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  9. „Middlesbrough Raid Blyth Spartans To Sign Luke Armstrong“. The Gazette (10-aprel 2017-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2019-yil.
  10. „Luke Armstrong: Salford City sign Middlesbrough striker on three-year deal“. BBC Sport (26-iyul 2019-yil). Qaraldi: 26-iyul 2019-yil.
  11. „Walsall 0–3 Salford: City record historic first EFL away win at Banks's Stadium“. BBC Sport (5-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil.
  12. „POOLS SIGN LUKE ARMSTRONG“. Hartlepool United Official Site (7-dekabr 2020-yil). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-dekabr 2020-yil.
  13. „Hartlepool 2–0 King's Lynn“. BBC Sport (8-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
  14. „Harrogate sign Salford striker Armstrong“. BBC Sport.
  15. „Top Scorer Luke Armstrong Extends Town Contract“. www.harrogatetownafc.com (13-iyun 2022-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.
  16. „Armstrong signs Harrogate contract extension“.
  17. „Sports Student, Luke Signs Contract for Middlesbrough Football Club“. Darlington College.
  18. „Top Scorer Luke Armstrong Extends Town Contract“. Northern Echo (28-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 9-avgust 2022-yil.