Luka Black
Luka Black | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1992-yil 18-may |
| Janrlar | |
| Kasbi | qoʻshiqchi |
| Cholgʻular | |
| Fuqaroligi | Serbiya |
| Veb-sayt | lukeblackmusic.com |
Luka Ivanovich (Serbiya kirillchasi: Лука Ивановић; 1992-yil 18-mayda tugʻilgan) — serbiyalik xonanda va qoʻshiq muallifi. Taxallusi Luke Black[1]. Luka Čačak shahrida tugʻilgan. Luke Black Universal Music Group bilan shartnoma imzolagan ilk serbiyalik ijodkor hisoblanadi. Ushbu kompaniya orqali 2015-yil fevral oyida oʻzining ilk EP albomi — Thornsni nashr etgan[2]. U Serbiya nomidan Eurovision–2023 tanlovida „Samo mi se spava“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 24-oʻrinni egallagan[3]. U „serb pop alkimyogari“ sifatida tavsiflanadi va uning musiqasi electropop hamda experimental pop janrlarini oʻzida mujassam etgan[4].
Dastlabki hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luka Ivanovich 1992-yil 18-mayda Čačak shahrida tugʻilgan. U 12 yoshida oʻz qoʻshiqlari uchun matnlar yozishni boshlagan va bir necha yil oʻtgach musiqa yaratish hamda produserlik bilan shugʻullana boshlagan[5]. Čačak gimnaziyasini tamomlagach, u ingliz tili va adabiyotini oʻrganish uchun Belgrad shahriga koʻchib oʻtgan hamda Belgrad universiteti filologiya fakultetida tahsil olgan[1].
Ivanovichning taʼkidlashicha, uning sahna nomidagi „Luke“ qismi oʻz ismining inglizlashtirilgan shaklidan olingan, „Black“ esa oʻsmirlik davrida u „Serbiya musiqa sahnasining oʻlimi“ munosabati bilan qirq kunlik motam tutgan davriga ishora qilgan[6].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiyaviy albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chainsaws in Paradise (2024)
- PARASITE (2026)
Mini-albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Thorns (2015)
- Neoslavic (2018)
- F23.8 (2021)
- Luke Black Remixes (2023)
- Singles 2015–2018 (2023)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Pašaljić, S. „Luk Blek zahvalan na podršci iz rodnog grada: Čačak me je oduševio“ (sr). RTS. 2023-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-mart.
- ↑ Jovović, P. „U Kini je neverovatno popularan, živi u Londonu, sa Konstraktom radio godinama: Upoznajte Luka koji se takmiči na PZE'23“ (sr). Nova.rs (2023-yil 13-yanvar). 2023-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ „Grand-Final of Liverpool 2023“. Eurovision.tv. 2023-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Serbia calling: Hello? Luke Black?“. Eurovision.tv (2023-yil 1-may). 2023-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.
- ↑ Lisinac, N. „Ko je Luka Blek: Ekscentrični umetnik iz Čačka koji će ove godine predstavljati Srbiju na Evroviziji“ (sr). Telegraf.rs (2023-yil 5-mart). 2023-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
- ↑ Stojanović, I. „Luke Black otkrio svoju TAKTIKU na "Pesmi za Evroviziju" - Ja sam MASTER MANIPULATOR, namerno sam loše odradio televizijske nastupe!“ (sr). Srbija Danas (2023-yil mart). 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Luke Black“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.- Rasmiy sayti
- Luke Black diskografiyasi Discogsda