Luiz Adriano
![]() Luiz Adriano 2022-yilda Antalyaspor tarkibida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Luiz Adriano de Souza da Silva | ||
Tavallud sanasi | 12-aprel 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Porto Alegre, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in)[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Antalyaspor | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004-2005 | Internacional | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006-2007 | Internacional | 15 | (1) |
2007-2015 | Shaxtyor | 162 | (77) |
2015-2017 | AC Milan | 33 | (4) |
2017-2019 | Spartak Moskva | 58 | (19) |
2019-2022 | Palmeiras | 76 | (23) |
2022- | Antalyaspor | 15 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2007 | Braziliya U20 | 11 | (2) |
2014-2015 | Braziliya | 4 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21 may uchun) |
Luiz Adriano de Souza da Silva[2] (1987-yil 12-aprel, Braziliya) yoki oddiygina Luiz Adriano[3] — braziliyalik professional futbolchi. Turkiya oliy ligasining Antalyaspor klubida hujumchi sifatida toʻp tepadi.
Sportchi oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Portu Alegridagi „Internasional“ klubida boshlagan. U 2007-yilda Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro evaziga transfer qilinadi. Luiz Adriano klubining ajralmas aʼzosiga aylanadi. 2014-yil oktyabr oyida „Shaxtyor“ tarkibidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi va oʻsha oyda Braziliya milliy terma jamoasi tarkibiga chaqirilidi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaxtyor Donetskda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Luiz Adriano 2007-yilning 2-martida Ukrainaning Shaxtyor klubiga 3 million yevro (8 128 830 R$) evaziga transfer qilingan[4][5]. Futbolchi oʻz debyutini 2007-yil 19-mart sanasida Ukraina premyer ligasida 19 yosh 11 oy va 7 kunligida klubning hamshahar raqibi Metallurg Donetsk ga qarshi oʻyinda amalga oshiradi[6]. Shuningdek, hujumchi klubdagi oʻz debyut golini 2008-yilning 15-martida Xarkovning „Metalist“ jamoasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinning 94-daqiqasida kiritadi[6].
2014-15-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Shaxtyor“ oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallaydi va pley-off bosqichiga yoʻllanma qoʻlga kiritadi. Oʻtkazilgan olti oʻyinda Luiz Adriano Chempionlar Ligasi guruh bosqichida urilgan gollar boʻyicha Lionel Messi va Cristiano Ronaldoning rekordini takrorlaydi hamda UEFA uni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qiladi[7].
Milanda[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yilning 2-iyulida Luiz Adriano Milan bilan 8 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma imzolaydi[8][9][10]. U 17-avgust kuni Italiya kubogining 3-bosqichida San Siroda, Perudja ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi ikkinchi golni kiritgani holda oʻz debyutini amalga oshiradi[11]. Luiz Adriano A Seriyadagi dastlabki golini 2015-yilning 29-avgustida Empoliga qarshi oʻz uyida 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritadi. 2016-yilning yanvarida „Milan“ Xitoy Superligasi vakili Jiangsu Suningdan Luiz Adrianoni 14 million yevro evaziga sotish boʻyicha taklifga rozi boʻladi[12]. Biroq, Luiz Adriano va Jiangsu Suning muzokaralar chogʻida shaxsiy shartlar boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, kelishuv yakunlayman qoladi[13].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Shtat Ligasi | Kubok uchrashuvlari | Mintaqaviy | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Goals | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Internacional | 2006 | Série A | 12 | 0 | 2 | 1 | — | 0 | 0 | 2 | 1 | 16 | 2 | |
2007 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | — | 2 | 0 | ||||
Umumiy | 12 | 0 | 3 | 1 | — | 1 | 0 | 2 | 1 | 18 | 2 | |||
Shaxtyor Donetsk | 2006-07 | Ukraina premyer ligasi | 5 | 0 | — | 1 | 0 | — | — | 6 | 0 | |||
2007-08 | 13 | 4 | — | 5 | 1 | 1 | 0 | — | 19 | 5 | ||||
2008-09 | 12 | 4 | — | 3 | 1 | 14 | 4 | — | 29 | 9 | ||||
2009-10 | 23 | 11 | — | 1 | 0 | 11 | 6 | 1 | 0 | 36 | 17 | |||
2010-11 | 21 | 10 | — | 5 | 4 | 10 | 4 | 1 | 2 | 37 | 20 | |||
2011-12 | 23 | 12 | — | 5 | 1 | 6 | 3 | 1 | 0 | 35 | 16 | |||
2012-13 | 19 | 7 | — | 5 | 4 | 7 | 3 | 1 | 1 | 32 | 15 | |||
2013-14 | 25 | 20 | — | 5 | 2 | 8 | 3 | 1 | 0 | 39 | 25 | |||
2014-15 | 21 | 9 | — | 4 | 3 | 7x | 9 | 1 | 0 | 33 | 21 | |||
Umumiy | 162 | 77 | — | 34 | 16 | 64 | 32 | 6 | 3 | 266 | 128 | |||
Milan | 2015-16 | Serie A | 26 | 4 | — | 3 | 2 | — | — | 29 | 6 | |||
2016-17 | 7 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 7 | 0 | ||||
Umumiy | 33 | 4 | — | 3 | 2 | — | 0 | 0 | 36 | 6 | ||||
Spartak Moskva | 2016-17 | Rossiya premiyer ligasi | 8 | 2 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 2 | |
2017-18 | 25 | 10 | — | 4 | 1 | 8 | 3 | 1 | 1 | 38 | 15 | |||
2018-19 | 22 | 6 | — | 2 | 0 | 5 | 1 | 0 | 0 | 29 | 7 | |||
2019-20 | 3 | 1 | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | |||
Umumiy | 58 | 19 | — | 6 | 1 | 13 | 4 | 1 | 1 | 78 | 25 | |||
Palmeiras | 2019 | Série A | 13 | 6 | — | — | 2 | 1 | — | 15 | 7 | |||
2020 | 24 | 10 | 14 | 3 | 7 | 2 | 7 | 5 | 2 | 0 | 54 | 20 | ||
2021 | 19 | 3 | 6> | 1 | 2 | 0 | 7 | 1 | 1 | 0 | 35 | 5 | ||
Umumiy | 56 | 19 | 20 | 4 | 9 | 2 | 16 | 7 | 3 | 0 | 104 | 32 | ||
Umumiy faoliyati | 321 | 119 | 23 | 5 | 52 | 21 | 94 | 43 | 12 | 5 | 502 | 193 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Adriano L. | AC Milan“. 10-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2016-yil.
- ↑ „Luiz Adriano“ (pt). Futpédia. 7-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-may 2009-yil.
- ↑ „Luiz Adriano pode acabar no Lokomotiv de Moscou“ (pt). UOL (6-fevral 2007-yil). Qaraldi: 20-may 2009-yil.
- ↑ „RELATÓRIO DA DIRETORIA (2007)“ (pt). SC Internacional. 24-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-aprel 2012-yil.
- ↑ „Inter vende Luiz Adriano para o Shakhtar Donetsk“ (pt). O Globo (3-mart 2007-yil). Qaraldi: 20-may 2009-yil.
- ↑ 6,0 6,1 „Luiz Adriano and his goals“. Shakhtar (23-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2014-yil.
- ↑ „Best of the UEFA Champions League group stage“. UEFA (22-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „LUIZ ADRIANO: AC MILAN COMUNICATO UFFICIALE“. AC Milan. Qaraldi: 2-iyul 2015-yil.
- ↑ „Luiz Adriano moves to Milan“. F.C. Shakhtar Donetsk (2-iyul 2015-yil). Qaraldi: 5-iyul 2015-yil.
- ↑ „Giocatore – LUIZ ADRIANO“ (it). Lega Serie A. 2-sentyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „AC Milan 2–0 Perugia: Honda and Luiz Adriano win cup clash for Rossoneri“. Goal (17-avgust 2015-yil). Qaraldi: 17-avgust 2015-yil.
- ↑ „Milan striker Luiz Adriano in China to complete Jiangsu Suning switch“. goal.com. Qaraldi: 20-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Milan's Luiz Adriano backs out of Jiangsu Suning move“. espnfc.com. Qaraldi: 20-yanvar 2016-yil.
![]() |
|