Lui Blerio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lui Blerio (1872. 1.7, Kambre 1936. 1.8, Parij) — fransuz aviakonstruktori, muhandisi. Aviatsiya qaldirgʻochlaridan biri. 1900 yildanoq planerlar va ornitopter (qanot "qoquvchi" uchish apparati)lar, 1906 yildan samolyotlarni qura boshlagan. Oʻzi 1908 yilda samolyotda 14 km masofaga parvoz qilgan, 1909 yilda LaMansh ustidan uchib oʻtgan. B. yaratgan samolyotlar keyinchalik aviatsiyada keng tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil