Ludditlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ludditlar (inglizcha Luddites) — Buyuk Britaniyada sanoat toʻntarishi davri (18-asr oxiri — 19-asr boshi)da mashinalar joriy qilinishiga qarshi chiqqan dastlabki tarqoq harakatlar qatnashchilari. L. atamasi birinchi boʻlib dastgohini buzib tashlagan ishchi (xalfa) — Ned Ludd nomidan olingan deb taxmin qilinadi. 1769, 1812 yillarda L.ga qarshi oʻlim jazosi joriy qilingan. Yorkdagi suv protsessi (1813) va 1813—15 yillardagi sanoat taraqqiyoti natijasida L. harakati bir oz pasaygan; 30-yillarga kelib, hukumatning qatagʻon siyosatining kuchayishi va iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi bilan L. harakati barham topgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil