Luchchak shaftoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Luchchak shaftoli - pusti tuksiz va silliq shaftoli navlarining umumiy nomi. Ularga Sariq luchchak, Kizil luchchak, Oʻzbekiston 50 yilligi (nektarinlar guruhi), Lola va boshqa navlar kiradi. Luchchak shaftoli mevasi, asosan, iyul— avgustda pishadi. Ogʻirligi 55—90 g, ak-sariyati dumaloq, sariq, qizil, toʻq qizil, zargʻaldoq, kungay tomoni taram-taram. Poʻsti yupqa, eti oq, sargish, muloyim, sersuv, sal nordon, xushxoʻr, danagidan oson ajraladi. Mevasi, asosan, yeyiladi, konserva, qoqi qilinadi. Koʻchati oʻtqazilgach, 2—3-yili hosilga kiradi. 5—6 yoshlik daraxtidan 50–80 kg hosil olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil