Lozanna konferensiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lozanna konferensiyasi - Yaqin Sharq masalalari boʻyicha 1922-yil 20-noyabr — 1923-yil 24-iyulda boʻlib oʻtgan konferensiya. Turkiya Angliya — Gretsiya interventlariga karshi urushda (1919—22) gʻalaba qozonganidan keyin oʻtkazilgan. Unda bir tomondan — Turkiya, 2-tomondan — Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Gretsiya, Ruminiya, Yugoslaviya ishtirokida Lozanna tinchlik sulhi imzolandi (1923-yil 24-iyul), Turkiyaning hozirgi chegaralari belgilandi. Kapitulyasiyalar rejimi va chet ellik fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy imtiyozlari, Turkiya ustidan xalqaro moliyaviy nazorat bekor qilindi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil