Kontent qismiga oʻtish

Loyiha:Mavzuli oylik/Germaniya oyligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Germaniya oyligi

Deutschland-Monat


Germaniya oyligi — Oʻzbekcha Vikipediyada anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan „Mavzuli oylik“ loyihasi doirasidagi navbatdagi tanlov boʻlib, uning asosiy maqsadi — vikipediyamizda Germaniya geografiyasi, tarixi, madaniyati, tabiati, fan va sanʼati hamda mashhur shaxslariga oid sifatli maqolalar sonini koʻpaytirish va mavjudlarini boyitishdan iborat.

Loyihaning davomiyligi: 1-avgustdan 31-avgustgacha.

Yoʻnalish: Nemis, ingliz va rus tillaridagi Vikipediyalardan maʼlumotlarni oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilish va ensiklopedik shaklda qilib boyitish tavsiya etiladi.

Ishtirokchilar

[manbasini tahrirlash]

Agar siz ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz, quyidagi roʻyxatga oʻz ismingizni qoʻshib qoʻying. Buning uchun shunchaki hash belgisi va toʻrtta tilda (~~~~) belgisini yozsangiz kifoya qiladi — sahifani saqlaganingizdan soʻng foydalanuvchi nomingiz avtomatik ravishda paydo boʻladi.’’’’

Roʻyxatdan oʻtish ramziy maʼnoga ega boʻlib, u loyihada qancha kishi hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bilish imkonini beradi. Bu hech qanday majburiyat yuklamaydi va sizga qoʻshimcha vazifalar qoʻymaydi.

  1. BEKIPEDIYA #yozishma 12:22, 2026-yil 3-avgust (UTC)
  2. Janob Mirzaolim (munozara) 14:16, 2026-yil 3-avgust (UTC)
  3. Ibrohimjon 15:49, 2026-yil 3-avgust (UTC)
  4. Ng4684 (munozara) 04:02, 2026-yil 6-avgust (UTC)
  5. Lochinovamarjona (munozara) 16:46, 2026-yil 6-avgust (UTC)
  6. KamolXidirnazarovich (munozara) 08:48, 2026-yil 8-avgust (UTC)
  7. Omonovas (munozara) 10:30, 2026-yil 12-avgust (UTC)
  8. Just Khumoyun (munozara) 14:35, 2026-yil 12-avgust (UTC)
  9. MrKrasav4ik (munozara) 11:41, 2026-yil 20-avgust (UTC)
  10. Quranboyeva Nozima (munozara) 12:02, 2026-yil 20-avgust (UTC)
  11. Maxamadjonova Muslima (munozara) 10:43, 2026-yil 23-avgust (UTC)
  12. Javoxir Yorqulov(suhbat uchun!) 16:49, 2026-yil 23-avgust (UTC)
  13. Mulan Xon (munozara) 07:05, 2026-yil 28-avgust (UTC)
  14. Ahror Akramovich (munozara) 17:04, 2026-yil 31-avgust (UTC)

Yangi maqolalarni qanday qoʻshish kerak?

[manbasini tahrirlash]

Maqolalar boshqa tillardan tarjima boʻlishi mumkin. Eng muhimi, ular yangi yaratilgan yoki sezilarli darajada boyitilgan hamda sifatli boʻlishi shart. Oylik davomida tahrir qilinadigan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Sifati: Yangi maqolalarda {{Oʻchirishga}}, {{Manbasiz}}, {{AT}} kabi muammoli andozalar boʻlmasligi kerak.
  • Ensiklopedik ahamiyat: Maqolaga qoʻshilgan maʼlumotlar Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga mos kelishi shart.
  • Tekshiriluvchanlik: Yangi maqolalarda albatta Manbalar ({{manbalar}} yoki {{reflist}}) boʻlishiga eʼtibor bering.
  • Betaraflik: Maqolalar Betaraf nuqtayi nazar asosida yozilishi kerak. Shuningdek, ularni rasmlar bilan boyitish va toʻgʻri formatlash tavsiya etiladi.

Ichki havolalar: Maqoladagi tushunchalarga ichki havolalar (koʻk linklar) berishni unutmang.

Havolalar va bogʻliqlik

[manbasini tahrirlash]

Yangi maqola yaratganingizda, boshqa mavjud maqolalardan unga havola berilishiga harakat qiling. Agar maqolaga hech qanday havola olib kelmasa, u „yetim maqola“ boʻlib qoladi va uni boshqalar oʻqishi yoki yaxshilashi ehtimoli kamayadi. Shuningdek, maqolaning boshqa tillardagi variantlarini tekshiring va ularni til boʻlimlari (Wikidata) orqali bogʻlang.

Munozara va aloqa

[manbasini tahrirlash]

Loyiha boʻyicha har qanday savol, taklif yoki eʼtirozlaringizni munozara sahifasida qoldirishingiz mumkin. Shuningdek, Germaniya oyligi doirasida yaratilgan maqolalarning munozara sahifasiga {{Germaniya oyligi}} andozasini qoʻyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ushbu oylik Mavzuli oylik loyihasi doirasida oʻtkazilgani sababli, xohishga koʻra {{Mavzuli oylik loyihasi}} andozasini ham qoʻshish mumkin. Andozalar faqat munozara sahifasiga joylashtiriladi.

Muhim eslatma: Oʻzbekcha Vikipediya jamoasi odatda, munozaralarda bevosita ishtirok etmaslikka harakat qiladilar. Bu esa ishtirokchilarning oʻz ustida mustaqil ishlashi, qoidalarni chuqurroq oʻrganishi va natijada maqolalar sifatini yanada yuqori darajaga koʻtarishini taʼminlash maqsadida yoʻlga qoʻyilgan. Ishtirokchilarning oʻzaro hamkorligi va muammolarni mustaqil hal qilishi maqola sifatini yaxshilashning eng samarali yoʻli deb hisoblanadi.

Loyiha taklifnomasi

[manbasini tahrirlash]

Agar ushbu loyihada yordam berishi mumkin bo‘lgan biror foydalanuvchini bilsangiz, uni vikipediyamizni rivojlantirish yo‘lida hamkorlikka chorlashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi maxsus kodni nusxalab, uning munozara sahifasiga joylashtiring.

Biz ishonamizki, siz taklif etgan foydalanuvchilar Germaniya zamini haqida maqolalar yaratishga albatta o‘z qiziqishlarini bildiradilar.

Germaniya oyligiga taklifnoma!

Hurmatli vikipediya tahrirchisi!

Sizni O‘zbekcha Vikipediyada o‘tkazilayotgan Mavzuli oylik doirasidagi „Germaniya oyligi“ loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz. Agar ushbu loyiha doirasida yangi maqolalar yaratish yoki mavjudlarini boyitish niyatida bo‘lsangiz, marhamat, o‘z ismingizni ishtirokchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying. Ishtirokingiz va hissangiz uchun oldindan tashakkur! ~~~~

Germaniya ordeni

„Germaniya oyligi“ loyihasidagi faol ishtiroki va Oʻzbekcha Vikipediyani boyitishga qoʻshgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.

Germaniya oyligi loyihasi doirasida 5 ta va undan ortiq maqola yaratgan har bir foydalanuvchiga loyiha tashkilotchilari tomonidan „Germaniya ordeni“ topshiriladi. Ordenni qoʻlga kiritish uchun yaratilgan maqola ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi lozim. Har bir maqolaning hajmi kamida 3 000 bayt boʻlishi shart. Maʼlumotlarni tasdiqlovchi kamida bitta ishonchli manba boʻlishi majburiydir. Fidoyilik koʻrsating va oʻzbekcha Vikipediyadagi „Germaniya ordeni“ sohibiga aylaning!

Germaniya oyligi doirasida yaratilgan maqolalar

[manbasini tahrirlash]
Ishtirokchi Yangi maqola Umumiy
maqolalar
soni
Bekipediya Germaniyada akademik baholash tizimi * 1
Janob Mirzaolim Leypsig/Halle aeroporti *
Lochinovamarjona Hartmut Michel * Wolfgang Paul*Erwin Neher*Fransiya va Germaniya chegarasi*Germaniya va Chexiya chegarasi 5
Ng4684 Germaniya geografiyasi* Hanns Seidel jamgʻarmasi* Nemis folklori* Siemens Energy*Friedrich Bergius 5
KamolXidirnazarovich Omniturm* Tower 185* Main Tower * Silberturm * Post Tower * Marienturm 6
Omonovas Germaniya va Polsha chegarasi * Germaniya va Shveysariya chegarasi * Reyxstag binosi * Opernturm * Covestro 5
Just Khumoyun Rudolf Christoph Eucken * Johann Deisenhofer * Stefan Hell * Ernst Ruska * Peter Grünberg 5
Abdufattohov Ibrohimjon Avstriya va Germaniya chegarasi 1
Maxamadjonova Muslima Commerzbank 1
MrKrasav4ik Germaniya oʻrmonlari * Belgiya va Germaniya chegarasi * Trianon (Frankfurt) 3
TheNomadEditor Chemnitzdagi tartibsizliklar 1
Mulan Xon Germaniya tarixi * Germaniya va Niderlandiya chegarasi * Daniya va Germaniya chegarasi * Taunusturm * Four (Frankfurt) 5
Ahror Akramovich Germaniyada sport * Germaniya milliy futzal terma jamoasi 1

Germaniya oyligi doirasida yaratilgan andozalar

[manbasini tahrirlash]

Germaniya oyligi doirasida yaxshilangan maqolalar

[manbasini tahrirlash]

Bino va inshootlar

[manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash

[manbasini tahrirlash]

Tashkilotlar

[manbasini tahrirlash]