Kontent qismiga oʻtish

Loyiha:Mavzuli oylik/Avstraliya oyligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Avstraliya bayrogʻi
Avstraliya oyligi
Australia Month
Avstraliya gerbi



Avstraliya oyligi — Mavzuli oylik loyihasining bir qismi sifatida Avstraliya, uning oʻziga xos tabiati, boy madaniyati, qadimiy va zamonaviy tarixi hamda boshqa sohalariga oid maqolalarni yaratish hamda mavjudlarini boyitish maqsadida tashkil etiladi.

Loyiha Oʻzbekcha Vikipediyadagi Avstraliya qitʼasi va Ittifoqi haqida yozilgan maqolalardagi boʻshliqlarni toʻldirish, ayniqsa, mintaqaning endemik florasi va faunasi, tub aholisi madaniyati, shuningdek, yirik shaharlar va zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga oid maʼlumotlarni koʻpaytirishni maqsad qilgan.

Muddat: 2026-yil 1-maydan 30-maygacha.

Yoʻnalish: Ingliz, nemis va rus tillaridagi Vikipediyalardan maʼlumotlarni oʻzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilish va ensiklopedik shaklda qilib boyitish tavsiya etiladi.

Ishtirokchilar

[manbasini tahrirlash]

Agar siz ushbu loyihada ishtirok etishni istasangiz, quyidagi roʻyxatga oʻz ismingizni qoʻshib qoʻying. Buning uchun shunchaki hash belgisi va toʻrtta tilda (~~~~) belgisini yozsangiz kifoya qiladi— sahifani saqlaganingizdan soʻng foydalanuvchi nomingiz avtomatik ravishda paydo boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish ramziy maʼnoga ega boʻlib, u loyihada qancha kishi hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bilish imkonini beradi. Bu hech qanday majburiyat yuklamaydi va sizga qoʻshimcha vazifalar qoʻymaydi.

  1. Mirishkorlik (munozara) 05:10, 2026-yil 20-may (UTC)
  2. BEKIPEDIYA #yozishma 13:06, 2026-yil 20-may (UTC)
  3. Doctormeee (munozara) 17:23, 2026-yil 22-may (UTC)
  4. MrKrasav4ik (munozara) 19:12, 2026-yil 22-may (UTC)
  5. 7Devona(suhbat) 19:18, 2026-yil 25-may (UTC)
  6. 7Nova(suhbat) 19:19, 2026-yil 25-may (UTC)
  7. Mupapap (munozara) 08:07, 2026-yil 26-may (UTC)

Odila

Yangi maqolalarni qanday qoʻshish kerak?

[manbasini tahrirlash]

Maqolalar boshqa tillardan tarjima boʻlishi mumkin. Eng muhimi, ular yangi yaratilgan yoki sezilarli darajada boyitilgan hamda sifatli boʻlishi shart. Oylik davomida tahrir qilinadigan maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Sifati: Yangi maqolalarda {{Oʻchirishga}}, {{Manbasiz}}, {{AT}} kabi muammoli andozalar boʻlmasligi kerak.
  • Ensiklopedik ahamiyat: Maqolaga qoʻshilgan maʼlumotlar Ensiklopedik ahamiyat qoidalariga mos kelishi shart.
  • Tekshiriluvchanlik: Yangi maqolalarda albatta Manbalar ({{manbalar}} yoki {{reflist}}) boʻlishiga eʼtibor bering.
  • Betaraflik: Maqolalar Betaraf nuqtayi nazar asosida yozilishi kerak. Shuningdek, ularni rasmlar bilan boyitish va toʻgʻri formatlash tavsiya etiladi.

Ichki havolalar: Maqoladagi tushunchalarga ichki havolalar (koʻk linklar) berishni unutmang.

Havolalar va bogʻliqlik

[manbasini tahrirlash]

Yangi maqola yaratganingizda, boshqa mavjud maqolalardan unga havola berilishiga harakat qiling. Agar maqolaga hech qanday havola olib kelmasa, u „yetim maqola“ boʻlib qoladi va uni boshqalar oʻqishi yoki yaxshilashi ehtimoli kamayadi. Shuningdek, maqolaning boshqa tillardagi variantlarini tekshiring va ularni til boʻlimlari (Wikidata) orqali bogʻlang.

Munozara va aloqa

[manbasini tahrirlash]

Loyiha boʻyicha har qanday savol, taklif yoki eʼtirozlaringizni munozara sahifasida qoldirishingiz mumkin. Shuningdek, Avstraliya oyligi doirasida yaratilgan maqolalarning munozara sahifasiga {{Avstraliya oyligi}} andozasini qoʻyish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ushbu oylik Mavzuli oylik loyihasi doirasida oʻtkazilgani sababli, xohishga koʻra {{Mavzuli oylik loyihasi}} andozasini ham qoʻshish mumkin. Andozalar faqat munozara sahifasiga joylashtiriladi.

Muhim eslatma: Oʻzbekcha Vikipediya jamoasi odatda, munozaralarda bevosita ishtirok etmaslikka harakat qiladilar. Bu esa ishtirokchilarning oʻz ustida mustaqil ishlashi, qoidalarni chuqurroq oʻrganishi va natijada maqolalar sifatini yanada yuqori darajaga koʻtarishini taʼminlash maqsadida yoʻlga qoʻyilgan. Ishtirokchilarning oʻzaro hamkorligi va muammolarni mustaqil hal qilishi maqola sifatini yaxshilashning eng samarali yoʻli deb hisoblanadi.

Loyiha taklifnomasi

[manbasini tahrirlash]

Agar ushbu loyihada yordam berishi mumkin boʻlgan biror foydalanuvchini bilsangiz, uni qutlugʻ maqsad yoʻlida hamkorlikka chorlashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi maxsus kodni nusxalab, uning munozara sahifasiga joylashtiring.

Biz ishonamizki, siz taklif etgan foydalanuvchilar insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimgi madaniyatlaridan biri boʻlgan avstraliya aborigenlari merosi, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Nobel mukofoti sovrindorlari, okean ortining betakror tabiatini kashf etgan Jeyms Kuk va Mettyu Flinders kabi buyuk sayyohlar hamda „yashil qitʼa“ning sirli geografiyasi haqida maqolalar yaratishga albatta oʻz qiziqishlarini bildiradilar.

Avstraliya oyligiga taklifnoma!

Hurmatli vikipediya tahrirchisi!

Sizni Oʻzbekcha Vikipediyada oʻtkazilayotgan Mavzuli oylik doirasidagi „Avstraliya oyligi“ loyihasida ishtirok etishga taklif qilamiz. Agar ushbu loyiha doirasida yangi maqolalar yaratish yoki mavjudlarini boyitish niyatida boʻlsangiz, marhamat, oʻz ismingizni ishtirokchilar roʻyxatiga qoʻshib qoʻying. Ishtirokingiz va hissangiz uchun oldindan tashakkur! ~~~~

Avstraliya oyligi doirasida yaratilgan maqolalar

[manbasini tahrirlash]
Ishtirokchi Yangi maqola Umumiy
maqolalar
soni
Janob Mirzaolim Crown Sydney • One Sydney Harbour • International Towers • Citigroup Centre (Sidney) • Chifley Tower • Greenland Centre (Sidney) • Gondvana yomgʻir oʻrmonlari • Border Ranges milliy bogʻi • Limpinwood qoʻriqxonasi • Numinbah qoʻriqxonasi • Nothofagus togʻi milliy bogʻi • Wollumbin milliy bogʻi • Gibraltar tizmasi milliy bogʻi • Iluka qoʻriqxonasi • Yangi Angliya milliy bogʻi • Dorrigo milliy bogʻi • Hyland togʻi qoʻriqxonasi • Werrikimbe milliy bogʻi • Willi Willi milliy bogʻi • Barrington Tops milliy bogʻi • Springbrook milliy bogʻi • Chinghee togʻi milliy bogʻi • Barney togʻi milliy bogʻi • Asosiy tizma milliy bogʻi • Wilsons choʻqqisi flora qoʻriqxonasi • Clunie togʻi milliy bogʻi • Fenwicks butazori flora qoʻriqxonasi • Yangi Janubiy Uels milliy bog‘lari va yovvoyi tabiat xizmati • Kvinslend bog‘lari va yovvoyi tabiat xizmati • Avstraliya aborigenlari • Avstraliya tarixi (1788–1850) • UNESCOning Avstraliyadagi Jahon merosi roʻyxati • • • • 32
Doctormeee
Mupapap Aurora Place•Vision Apartments•West Side Place•120 Collins Street•101 Collins Street•Queens Place (majmua) 6
MrKrasav4ik Breakfast Creek Yashil Koʻprigi • Centenary Bridge • Charlie Earp Bridge • Indooroopilly Railway Bridge • Djek Pesch koʻprigi • Kenguru Pointi koʻprigi 6
Mirishkorlik Avstraliya poytaxt hududi • Avstraliya gerbi 2
7Devona Atlassian 1

Avstraliya oyligi doirasida yaratilgan andozalar

[manbasini tahrirlash]
Ishtirokchi Yangi andoza Umumiy
andozalar
soni
Janob Mirzaolim Andoza:Crown Resorts • Andoza:Avstraliyadagi kazinolar • Andoza:Avstraliya tarixi • 3
7Devona Andoza:Atlassian 1

Avstraliya oyligi doirasida yaxshilangan maqolalar

[manbasini tahrirlash]

Bino va inshootlar

[manbasini tahrirlash]

Sogʻliqni saqlash

[manbasini tahrirlash]