Lourens Ernest Orlando

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LOURENS (Lawrence) Ernest Orlando (1901.8.8, Kanton, Jan. Dakota — 1958.27.8, Palo-Alto, Kaliforniya) — amerikalik fizik. Yel universitetini tugatgan (1925). Berkli sh.dagi Kaliforniya universitetida (1930 y.dan prof., 1936 y.dan shu universitet Radiatsiya lab. direktori) ishlagan. Ilmiy ishlari tezlatkichlar texnikasi, yadro fizikasi va uning biol. va tibbiyotda qoʻllanishiga oid. 1930 y.da zarralarning magnit rezonas tezlatkichi — siklotron gʻoyasini ilgari surgan va birinchi namunasini kurgan (amerikalik olim N. Edlefsen bilan hamkorlikda). 1933 y.da vodorod izotopi — deytronnch kashf qildi va ular hosil qiladigan reaksiyalarni tekshirdi. AQSH atom bombasini yaratishda ishtirok etgan. Nobel mukofoti laureati (1939). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil