Kontent qismiga oʻtish

Lou Deleuze

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lou Deleuze
Deleuze 2026-yilda
Deleuze 2026-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 2014-yil 23-mart (2014-03-23) (12 yosh)
Il-de-Frans, Fransiya
Janrlar Pop
Kasbi qoʻshiqchi,
aktrisa
Faoliyat yillari 2022–hozirgacha
Fuqaroligi Fransiya

Lou Deleuze (2014-yil 23-martda tugʻilgan) — fransiyalik bolalar aktrisasi va qoʻshiqchisi. U Fransiya vakili sifatida „Ce monde“ qoʻshigʻi bilan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2025“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan hamda 248 ball bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Mazkur natija tanlov tarixidagi ikkinchi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, faqat 2019-yilgi Polsha vakilining natijasidan ortda qolgan.

Deleuze 2014-yil 23-martda Il-de-Frans mintaqasida tugʻilgan[1]. Uning otasi torli cholgʻu asboblari ustasi boʻlgan[2].

2022-2025-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanʼatkor aktyorlik faoliyatini yetti yoshida boshlagan hamda 2022-yilda suratga olingan „Le Parfum vert“ filmida rol ijro etgan[3][4].

2024-yilda Deleuze Ispaniyaning Madrid shahrida oʻtkazilgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2024“ qoʻshiq tanlovida Fransiya vakili boʻlish uchun saralashda qatnashgan[5], biroq tanlovdan oʻta olmagan. Oʻsha yilning oʻzida u „La France a un incroyable talent“ loyihasining oʻn toʻqqizinchi mavsumida ham ishtirok etgan[6].

2025-yil 29-sentyabrda qoʻshiqchi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2025“ qoʻshiq tanlovida Fransiya vakili sifatida eʼlon qilingan. John Claes, Jonathan Thyssens va Linh tomonidan yozilgan „Ce monde“ qoʻshigʻi ham ayni shu kuni taqdim etilgan.

Deleuze 13-dekabr kuni Tbilisida boʻlib oʻtgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[7].

  1. „Lou Deleuze“ (fr). Les Agents Associés. Qaraldi: 2025-yil 25-oktyabr.
  2. „VIDÉO - Eurovision Junior 2025 : Lou Deleuze, 11 ans, représentera la France avec sa chanson "Ce monde"“ (fr). Ici (2025-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 25-oktyabr.
  3. „Eurovision Junior 2025 : Lou Deleuze représentera la France avec son titre « Ce monde »“ [Junior Eurovision 2025: Lou Deleuze will represent France with his song "Ce monde"] (fr). France Télévisions (2025-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 25-oktyabr.
  4. „Vidéo. Eurovision junior : qui est Lou Deleuze, 11 ans, qui représentera la France ?“ [Video. Junior Eurovision: Who is 11-year-old Lou Deleuze, who will represent France?] (fr). Sud Ouest (2025-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 26-oktyabr.
  5. Qui est Lou Deleuze, qui représente la France à l’Eurovision Junior 2025 ?. 20 minutes.
  6. „'Les frissons' : à 10 ans, elle reprend Mylène Farmer dans 'Incroyable talent' et bouleverse“ ["Les frissons": at 10 years old, she plays Mylène Farmer in "Incroyable talent" and is a real shocker] (fr). Charts in France (2024-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 25-oktyabr.
  7. „France wins the Junior Eurovision Song Contest 2025“ (en). Eurovision World. Qaraldi: 2025-yil 13-dekabr.