Kontent qismiga oʻtish

Los Angeles Times

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Los Angeles Times
Turi Daily newspaper
Formati Broadsheet
Asoschi(lar)
  • Nathan Cole Jr.
  • Thomas Gardiner
Asos solingan 1881-yil 4-dekabr
Bosh muharrir Terry Tang
Tili Ingliz
Vebsayt www.latimes.com

Los Angeles Times — bu 1881-yilda Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida nashr etila boshlagan gazeta[1]. 2018-yildan beri Greater Los-Anjeles hududiga kiruvchi El Segundo shahrida joylashgan[2]. Bu gazeta AQShdagi oltinchi eng yirik gazeta boʻlib, Gʻarbiy AQShda chop etiladigan eng katta nashr hisoblanadi. Uning chop etilgan nusxalari 118,760 boʻlsa, onlayn obunachilari soni 500,000 ga yetib, AQSh gazetalar orasida beshinchi oʻrinni egallaydi[3]. Los Angeles Times Patrick Soon-Shiongga tegishli boʻlib, California Times tomonidan nashr etiladi. Gazeta tashkil topganidan buyon 40 dan ortiq Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan[4][5][6][7].

19-asrda gazeta fuqarolar tarafdori sifatida nom qozongan va kasaba uyushmalariga qarshiligi bilan mashhur boʻlgan. Bu esa 1910-yilda uning shtab-kvartirasining portlatilishiga sabab boʻlgan. 1960-yillarda nashr Otis Chandler boshqaruvi ostida milliy yoʻnalishga oʻtib, ancha mashhur boʻlgan. Kaliforniyadagi va AQShdagi boshqa mintaqaviy gazetalar kabi, 2010-yildan boshlab uning oʻquvchilari soni kamaygan[8]. Shuningdek, gazeta bir necha marta egalik oʻzgarishi, xodimlar qisqarishi va boshqa muammolarga duch kelgan.

2018-yilning yanvarida gazeta xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etishga ovoz berishgan hamda 2019-yilning 16-oktyabrida oʻzlarining birinchi kasaba uyushmasi shartnomasini yakunlashgan[9]. Gazeta 2018-yilning iyul oyida Los-Anjeles markazidagi tarixiy shtab-kvartirasidan Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinidagi El Segundo shahridagi binoga koʻchib oʻtgan. 2020-yildan boshlab gazetaning mavzulari milliy va xalqaro yangiliklardan uzoqlashib, Janubiy Kaliforniya yangiliklariga yoʻnaltirilgan.

2024-yilning yanvar oyida gazeta eng katta qisqartirishni boshdan kechirgan. Xodimlarning 20% dan ortigʻi, shu jumladan yuqori darajadagi tahririyat xodimlari ishdan boʻshatilgan. Bu harakat moliyaviy yoʻqotishlarni kamaytirish va yil oxirigacha gazetaning faoliyatini davom ettirish uchun yetarli mablagʻni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan. Shu orqali gazeta mintaqaviy nashr sifatida omon qolish va oʻz dolzarbligini saqlash uchun kurashni davom ettirmoqda[10][11][12].

1910-yildagi portlashdan keyin Los Angeles Times binosi qoldiqlari
Harry Chandler va Harrison Gray Otis, 1917-yilning avgustida

Los Angeles Times ilk bor 1881-yil 4-dekabrda Los Angeles Daily Times nomi ostida Nathan Cole Jr. va Tomas Gardiner boshchiligida nashr etilgan[13][14][15]. Dastlab gazeta Jesse Yarnell va T. J. Caystilega tegishli boʻlgan Mirror bosmaxonasida chop etilgan. Bosmaxona uchun toʻlovni qila olmagan Cole va Gardiner gazetani Mirror kompaniyasiga topshirishga majbur boʻlgan. Shu orada S. J. Mathes firmaga qoʻshilgan va uning talabi bilan Times nashr etishda davom etgan.

1882-yil iyul oyida Harrison Gray Otis Santa Barbara, Kaliforniyadan koʻchib kelib, gazetaning muharririga aylangan[16]. Shu bilan birga, Otis gazetaning 1/4 ulushini $6,000 evaziga bankdan kredit olib, sotib olgan[17].

Tarixchi Kevin Starrning yozishicha, Otis „siyosat va jamoatchilik fikri mexanizmlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga qodir biznesmen“ boʻlgan[18]. Otisning tahririyat siyosati Los-Anjelesni maqtab, uning rivojlanishini targʻib qilgan fuqarolik qoʻllab-quvvatlashiga asoslangan edi. Shu maqsadda gazeta shahar suv taʼminotini kengaytirish uchun uzoqdagi Owens vodiysining suv huquqlarini qoʻlga kiritish saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan[19].

Times gazetasining mahalliy kasaba uyushmalariga qarshi kurashi 1910-yil 1-oktyabrda uning shtab-kvartirasining portlatilishiga olib kelgan. Bunda 21 kishi halok boʻlgan. Ittifoq yetakchilari boʻlgan Jeyms va Jozef MakNamara qotillikda ayblangan. Amerika Mehnat Federatsiyasi aka-ukalarni himoya qilish uchun taniqli advokat Klarens Darro uni yollagan, ammo aka-ukalar oxir-oqibat aybiga iqror boʻlishgan.

Otis Gordon Kaufmann tomonidan loyihalashtirilgan yangi Times shtab-kvartirasi frizining yuqori qismiga bronzadan yasalgan burgut oʻrnatgan va uning rafiqasi Eliza tomonidan yozilgan „Sobit tur, Mustahkam tur, Ishonchli tur, Haqiqiy tur.“ shiorini eʼlon qilgan[20][21].

Chandler davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otis 1917-yilda vafot etganidan soʻng, uning kuyovi va gazetaning biznes menejeri Harry Chandler Los Angeles Times nashrining bosh muharriri sifatida nazoratni oʻz qoʻliga olgan. 1944-yilda uning oʻrnini oʻgʻli Norman Chandler egallagan. Norman Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Los-Anjelesning tez rivojlanish davrida gazetani boshqardi. Uning rafiqasi Dorothy Buffum Chandler esa fuqarolik ishlarida faol boʻlib, Los Angeles Music Center qurilishiga yetakchilik qilgan. Ushbu markazning asosiy kontsert zali uning sharafiga Dorothy Chandler Pavilion deb nomlangan. Chandler oilasining aʼzolari Hollywood Forever Cemetery qabristoniga dafn etilgan boʻlib, bu joyda Times Building portlashi qurbonlari xotirasiga yodgorlik ham mavjud.

1935-yilda gazeta yangi Art Deco uslubidagi Los Angeles Times Building binosiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik gazeta turli obyektlarni qoʻshib, Spring, Broadway, First va Second koʻchalari orasidagi butun shahar blokini egallagan holda Times Mirror Square nomi bilan tanilgan hududda faoliyat yuritgan. Gazetaning u yerdagi faoliyati 2018-yilgacha davom etgan. Oʻsha davrda Times-Mirror Co. prezidenti va bosh menejeri boʻlgan Harry Chandler bu binoni „shahrimiz va Janubiy Kaliforniyaning taraqqiyotining yodgorligi“ deb eʼlon qilgan[22].

Chandler oilasining toʻrtinchi avlod vakili Otis Chandler 1960–1980-yillar oraligʻida nashr bosh muharriri boʻlib ishlagan. Otis oilasining gazetasi uning geografik hamda madaniy tomondan uzoqda ekanligi sabab eʼtibor berilmayotgani uchun oʻzini tanitishni maqsad qilgan. U oʻz gazetasini ham mamlakatning eng nufuzli gazetalaridan, jumladan, The New York Times hamda The Washington Post kabi obroʻli nashrlardan boʻlishi istagan. „Tahririyat gazetaning yuragi“ degan qarashga asoslanib[23], u jurnalistlar shtatini kengaytirib, ularning ish haqini oshirgan hamda milliy va xalqaro xabarlarni yoritishni kuchaytirgan. 1962-yilda The Washington Post bilan hamkorlikda Los Angeles Times–Washington Post News Service tashkil etilgan va ushbu xizmat ikkala gazetaning maqolalarini boshqa nashrlarga yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, Otis Chandler gazetaning avvalgi yillariga xos boʻlgan qattiq konservativ tahririyat siyosatini yumshatib, yanada markazga yaqinroq tahririy yondashuvni tanlagan.

1960-yillarda gazeta toʻrtta Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan, bu esa uning oldingi toʻqqiz oʻn yillikdagi mukofotlaridan koʻproq edi.

2013-yilda Los Angeles Times jurnalisti Michael Hiltzik quyidagi fikrlarni yozgan edi:

Birinchi avlod egalari gazetani daromad olish va siyosiy-ijtimoiy taʼsir oʻtkazish maqsadida sotib olgan yoki tashkil etgan. Keyingi avlodlar ham daromad va taʼsirdan bahramand boʻlishgan, biroq oila kattalashgani sayin, faqat bitta yoki ikkita shoxobcha qudratni boshqarar, qolganlari esa faqat moliyaviy ulush olardi. Oqibatda, aksiyalar orqali foyda koʻrishga harakat qilganlar gazetadan boshqa bizneslarga investitsiya qilish foydaliroq ekanini tushunib yetishdi. Ularning bosimi ostida kompaniyalar ommaviylashdi, boʻlinib ketdi yoki butunlay yoʻq boʻldi. Aynan shu jarayon Los Angeles Times gazetasi boshidan oʻtkazgan evolyutsiyaning tipik namunasi hisoblanadi[24].

Gazetaning ilk tarixi va keyingi oʻzgarishlari Thinking Big nomli norasmiy tarixiy kitobda bayon etilgan boʻlib, shuningdek, David Halberstam tomonidan yozilgan The Powers That Be kitobida tahlil qilingan. 1960-yillardan 2000-yillarning oʻrtalariga qadar ushbu gazeta kommunikatsiya va ijtimoiy fanlar boʻyicha oʻttizdan ortiq ilmiy dissertatsiyalarga mavzu boʻlgan[25].

1984-yilgi yozgi Olimpiada yangiliklarini namoyish etayotgan Los Angeles Times gazetasi uchun savdo avtomati.
Gazetaning hozirgi El Segundo, Californiadagi shtab kvartirasi

Los Angeles Times gazetasi 21-asrning dastlabki oʻn yilligida bir qator muammolarga duch kelgan. Gazeta egalarining tez-tez almashishi, bankrotlik, muharrirlarning qisqa muddat ichida ketma-ket oʻzgarishi, xodimlar sonining qisqarishi, pullik obunachilar sonining kamayishi, veb-platformani rivojlantirish zarurati va turli mojarolar bu davrda nashrga katta taʼsir koʻrsatgan[26]. 2024-yil yanvar oyida tahririyat moliyaviy qiyinchiliklar va obunachilarning sust oʻsishi sababli xodimlar sonining taxminan 20 foizga qisqarishini eʼlon qilgan[26].

Gazeta 2018-yil iyul oyida Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinidagi El Segundo hududigagi yangi shtab kvartirasiga koʻchib oʻtgan[27][28].

2000-yilda Los Angeles Times nashriyotchisi Times Mirror Company, Chicago, Illinoisdagi Tribune Company tomonidan sotib olingan. Natijada, gazeta 1985-yilda Tribune tomonidan sotib olingan, oʻsha paytda WB bilan bogʻliq (hozir esa CW bilan bogʻliq) KTLA telekanali egasi tasarrufiga oʻtgan[29].

2007-yil 2-aprelda Tribune Company koʻchmas mulk magnati Sam Zellning Chicago Tribune, Los Angeles Times va kompaniyaning barcha aktivlarini sotib olish boʻyicha taklifni qabul qilgan. Zell Chicago Cubs beysbol klubini sotishini eʼlon qilgan va kompaniyaning Comcast SportsNet Chicagodagi 25 foiz ulushini ham savdoga qoʻygan. Aksiyadorlarning roziligi olinmaguncha, Los-Anjelesdagi milliarderlar Ron Burkle va Eli Broad yuqori narx taklif qilish huquqiga ega boʻlib, agar ular shunday qilsa, Zell 25 million dollarlik tovon puli olishi kerak boʻlgan[30].

2008-yil dekabr oyida Tribune Company bankrotlikdan himoya soʻrab sudga murojaat qildi. Buning asosiy sababi reklama daromadlarining pasayishi va kompaniya xususiylashtirilgan paytda 12,9 milliard dollarlik qarzning toʻplanishi boʻlgan. Bu qarzning katta qismi Zell kompaniyani sotib olganida yuzaga kelgan[31].

2018-yil 7-fevralda Tribune Publishing (avvalgi Tronc Inc.) Los Angeles Times, shuningdek, The San Diego Union-Tribune va Hoy gazetalarini biotexnologiya sohasidagi milliarder sarmoyador Patrick Soon-Shiongga sotishga rozi boʻlgan[32][33]. Sun-Shiongning Nant Capital investitsiya fondi orqali amalga oshirilgan ushbu xarid 500 million dollar va 90 million dollarlik pensiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga olish evaziga amalga oshirilgan[34][35]. Bitim 2018-yil 16-iyun kuni yakunlangan[36].

Tahririyatdagi oʻzgarishlar va ishchilarning qisqarishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Baltimore Sun gazetasining sobiq muharriri Jon Carrol Los Angeles Times gazetasining obroʻsini tiklash uchun ishga olib kelingan[37]. Carrolning Times dagi boshqaruvi davrida u 200 dan ortiq ish oʻrinlarini qisqartirgan. Biroq, operatsion foyda marjasi 20 foiz boʻlishiga qaramay, Tribune rahbarlari daromaddan qoniqish hosil qilmadilar va 2005-yilga kelib Carroll gazetani tark etgan. Uning oʻrnini bosgan Dean Baquet esa Tribune Company tomonidan talab qilingan qoʻshimcha qisqartirishlarni joriy etishdan bosh tortgan.

Baquet yirik kunlik gazeta tahririyatida ishlagan ilk afroamerikalik muharrir boʻlgan. Uning va Carrolning boshqaruvi davrida gazeta 13 ta Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan, bu esa The New York Times gazetasidan keyingi eng yuqori koʻrsatkich boʻlgan[38]. Biroq, Baquet Tribune Group talablariga javob bera olmagani uchun tahririyatdan chetlatilgan, xuddi shuningdek, nashr rahbari Jeffrey Johnson ham lavozimidan olingan. Ularning oʻrniga Chicago Tribune muharriri James OʻShea tayinlangan. OʻShea esa 2008-yil yanvar oyida nashr rahbari David Hiller bilan budjet boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli ishdan ketgan[39][40].

Gazeta 2008-yil 3-iyul kuni Mehnat kuni bayramigacha 250 ish oʻrnini qisqartirish va sahifalar sonini 15 foizga kamaytirish rejasini eʼlon qilgan[41][42]. Bu qisqartirishlarning 17 foizi axborot boʻlimi xodimlariga taalluqli edi, chunki gazeta yangi xususiy ommaviy axborot kompaniyasi sifatida xarajatlarni qisqartirishga majbur boʻlgan[43]. 14-iyul kuni Hiller oʻz lavozimidan ozod etilgan[44]. 2009-yil yanvar oyida gazeta California/Metro boʻlimini alohida chop etishdan voz kechib, uni asosiy gazeta qismiga birlashtirgan. Shu bilan birga, 70 ta ish oʻrni qisqartirilib, ish haqi fondi 10 foizga kamaytirilgan[45].

2015-yil sentabr oyida nashr rahbari va bosh direktor Austin Beutner Timothy E. Ryan bilan almashtirilgan[46]. 2015-yil 5-oktabrda, Poynter Institute tomonidan kamida 50 ta tahririyat xodimini ishdan boʻshatish taklif qilingani haqida xabar berilgan[47]. Nancy Cleeland Pulitzer mukofoti sohibasi boʻlgan sobiq muxbir, gazetaning ishchilar va kasaba uyushmalariga boʻlgan yondashuvidan norozi boʻlib, isteʼfoga chiqqan[48][49]. U gazetaning moliyaviy muammolarini ijtimoiy-iqtisodiy adolat mavzularini keng yoritish orqali hal qilish mumkinligini ilgari surgan. Biroq, gazeta esa buning oʻrniga „mashhurlar bilan bogʻliq sud ishlari boʻyicha muxbir“ yollashga uringanini tanqid qildi[49].

2017-yil 21-avgustda, 54 yoshli Ross Levinsohn nashr rahbari va bosh direktor etib tayinlangan, u ilgari bu lavozimni egallagan Davan Maharaj oʻrniga ishga kirgan[50]. 2018-yil 16-iyunda, Patrik Sun-Shiong gazetani sotib olgan kuni, Norman Pearlstine ijrochi muharrir etib tayinlandi[51].

2021-yil 3-mayda, gazeta Kevin Merida ijrochi muharrir sifatida tanlaganini eʼlon qilgan. Merida avval ESPN vitse-prezidenti boʻlib ishlagan va The Undefeated nashriga rahbarlik qilgan. Bundan oldin u The Washington Post gazetasining ilk qora tanli bosh muharriri boʻlgan[52].

Los Angeles Times gazetasining Olympic Boulevard bosmaxonasiTribune tomonidan saqlab qolingan. 2016-yilda ushbu binoni ishlab chiqarish studiyalariga aylantirish rejalari bilan sotilgan[53]. U 1990-yilda ochilgan boʻlib, soatiga 70,000 ta 96-sahifali gazeta chop eta olardi[54][55]. 2024-yil 11-mart kuni ushbu bosmaxonada chop etilgan oxirgi son chiqdi[55][56]. Gazetaning bosma nashrlari Riverside shahriga koʻchirilgan boʻlib, u yerda Southern California News Group bosmaxonasi orqali The New York Times va The Wall Street Journalning Janubiy Kaliforniya nashrlari ham chop etiladi[57].

2023-yil 9-iyuldan boshlab sport boʻlimining formati oʻzgartirilgan. Har kungi oʻyin natijalari va statistik koʻrsatkichlar chiqarilmaydigan boʻldi. Sport boʻlimi endi vaqtga bogʻliq boʻlmagan maqolalar bilan boyitilgan boʻlib, jurnal uslubiga oʻxshash shaklda nashr etila boshlandi[58]. Ushbu oʻzgarish Los-Anjeles yahudiylar jamoasida eʼtirozlarga sabab boʻlgan, chunki Shanba kuni tongida gazeta sahifalaridan sport natijalarini oʻqish ularning Shabbat anʼanalarining bir qismi boʻlgan[59].

2024-yil 23-yanvarda, gazeta kamida 115 nafar xodimning ishdan boʻshatilishini eʼlon qilingan[60]. 2024-yil 8-aprelda esa Terry Tang gazetaning yangi ijrochi muharriri etib tayinlangan[61].

Los Angeles Times gazetasining tarqalish hajmi doimiy ravishda kamayishda davom etmoqda. Ushbu pasayishning asosiy sabablaridan biri narx oshishi[62] va ko‘plab o‘quvchilarning bosma nashr o‘rniga onlayn versiyaga o‘tishi deb ko‘rsatilgan[63].

  1. „The Los Angeles Times“. www.laalmanac.com. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  2. „Los Angeles Times | History, Ownership, & Facts“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr.
  3. Turvill, William „Top 25 US newspaper circulations: Print sales fall another 12% in 2022“ (en-US). Press Gazette (2022-yil 24-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  4. Chang, Andrea; James, Andrea „Patrick Soon-Shiong — immigrant, doctor, billionaire, and soon, newspaper owner — starts a new era at the L.A. Times“ (en-US). Los Angeles Times (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.
  5. ; Karen Weingarten; Doug Babington; Don LePan; Maureen OkunThe Broadview Guide to Writing: A Handbook for Students, 6th, Broadview Press, May 30, 2017 — 27–-bet. ISBN 978-1-55481-313-1. Qaraldi: 2021-yil 12-yanvar. 
  6. James, Meg. „Patrick Soon-Shiong affirms commitment to the Los Angeles Times“. Los Angeles Times (2021-yil 19-fevral). 2024-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. „Soon-Shiong, a biotech entrepreneur, and his wife, Michele, purchased The Times and the Union-Tribune in June 2018 for $500 million. Since then the company, now called California Times, has embarked on an unprecedented hiring spree, adding more than 150 journalists to The Times.“.
  7. Caulfield, Mike (January 8, 2017), „National Newspapers of Record“, Web Literacy for Student Fact-Checkers, Pressbooks Create, qaraldi: July 20, 2020
  8. Shelby Grad.. „The fate of California newspapers could be sealed in coming months. Do 'carnage' and 'catastrophe' await?“ (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 27-may.
  9. James, Meg. „Los Angeles Times reaches historic agreement with its newsroom union“ (en-US) (2019-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
  10. Robertson, Katie; Mullin, Benjamin. „Los Angeles Times to Slash Newsroom by Over 20%“ (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  11. Barrionuevo, Alexei; Knolle, Sharon; Korach, Natalie „Chaos, Fury Engulf Los Angeles Times in Historic Cuts to Newsroom“. The Wrap (2024-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  12. James, Meg. „L.A. Times to lay off at least 115 people in the newsroom“ (2024-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 27-yanvar.
  13. „Timeline: History of the Los Angeles Times“ (en). PBS SoCal (2018-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  14. „The Los Angeles Times' history“ (en-US). Los Angeles Times (2012-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  15. „A brief history of the Los Angeles Times“ (en-US). Los Angeles Times (2018-yil 17-iyun). Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  16. „Mirror Acorn, 'Times' Oak“, Los Angeles Times, October 23, 1923, page II-1 Access to this link requires the use of a library card.
  17. Berges, Marshall. The life and Times of Los Angeles : a newspaper, a family, and a city, Internet Archive, New York : Atheneum, 1984. ISBN 978-0-689-11427-4. 
  18. Starr, Kevin. Inventing the Dream: California Through the Progressive Era. New York: Oxford University Press, 1985 — 228-bet. ISBN 0-19-503489-9. OCLC 11089240. 
  19. Arango, Tim; Nagourney, Adam. „A Paper Tears Apart in a City That Never Quite Came Together“ (en-US). The New York Times (2018-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  20. Berges, Marshall. The Life and Times of Los Angeles: A Newspaper, A Family and A City. New York: Atheneum, 1984 — 25-bet. 
  21. Clarence Darrow: Biography and Much More from Answers.com at www.answers.com
  22. DiMassa, Cara Mia. „Much has changed around the Los Angeles Times Building“. Los Angeles Times (2008-yil 26-iyun). Qaraldi: 2008-yil 26-iyun.
  23. McDougal, Dennis. Privileged Son: Otis Chandler and the Rise and Fall of the L.A. Times Dynasty. Cambridge, MA: Da Capo, 2002. ISBN 0-306-81161-8. OCLC 49594139. 
  24. Hiltzik, Michael. „Washington Post Buy: Can Jeff Bezos Fix Newspapers' Business Model?“. Los Angeles Times (2013-yil 6-avgust). Qaraldi: 2014-yil 6-oktyabr.
  25. ProQuest Dissertation Abstracts. Retrieved June 8, 2007.
  26. 26,0 26,1 „L.A. Times Layoffs Are Latest Sign of Billionaire's Clipped Ambitions“. The Wall Street Journal.
  27. Chang, Andrea. „L.A. Times will move to 2300 E. Imperial Highway in El Segundo“. Los Angeles Times (2018-yil 17-aprel). Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  28. „Biotech billionaire takes control of the LA Times, names new executive editor“. Orange County Register. Associated Press (2018-yil 18-iyun). Qaraldi: 2018-yil 19-iyul.
  29. „Tribune called on to sell L.A. Times“. CNN (2006-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-iyun.
  30. „Tribune goes to Zell“. Chicago Sun-Times (2007-yil 3-aprel). 2008-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  31. James Rainey; Michael A. Hiltzik „Owner of L.A. Times files for bankruptcy“. Los Angeles Times (2008-yil 9-dekabr).
  32. James, Meg; Koren, James Rufus „Billionaire Patrick Soon-Shiong reaches deal to buy L.A. Times and San Diego Union-Tribune“. Los Angeles Times (2018-yil 7-fevral). Qaraldi: 2018-yil 8-fevral.
  33. Alpert, Lukas I.. „Tronc in Talks to Sell Flagship Los Angeles Times to Billionaire Investor“. The Wall Street Journal (2018-yil 6-fevral). Qaraldi: 2018-yil 6-fevral.
  34. „Tronc Pushes Into Digital Future After Los Angeles Times Sale“ (2018-yil 7-fevral). Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  35. James, Meg; Chang, Andrea. „Patrick Soon-Shiong plans to move Los Angeles Times to new campus in El Segundo“ (2018-yil 13-aprel). Qaraldi: 2018-yil 13-aprel.
  36. Arango, Tim. „Norman Pearlstine Named Editor of The Los Angeles Times“ (en). The New York Times (2018-yil 18-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  37. „John Carroll, former Baltimore Sun and Los Angeles Times editor, dies at 73“. TheGuardian.com (2015-yil 14-iyun).
  38. Pappu, Sridhar.. „Reckless Disregard: Dean Baquet on the gutting of the Los Angeles Times“. Mother Jones (march–april 2007).
  39. Mulligan, Thomas S.; Chmielewski, Dawn C.. „Editor of Times leaves in dispute over budget“ (2008-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-oktyabr.
  40. „3rd L.A. Times editor leaves“ (2021-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-oktyabr.
  41. Hiltzik, Michael A.. „Los Angeles Times to cut 250 jobs, including 150 from news staff: The newspaper cites falling ad revenue in economic slowdown“. Los Angeles Times (2008-yil 3-iyul).
  42. Politi, Daniel „Today's Papers: 'You Have Been Liberated'“. Slate (2008-yil 3-iyul).
  43. Shiva Ovide.. „Los Angeles Times to Cut Staff“. The New York Times (2008-yil 3-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  44. Hiltzik, Michael A.. „Publisher of Times resigns amid cuts“ (2008-yil 15-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-oktyabr.
  45. Roderick, Kevin „Los Angeles Times kills local news section“. LA Observed (2009-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  46. Somaiya, Ravi.. „Austin Beutner Ousted as Los Angeles Times Publisher“. The New York Times. The New York Times (2015-yil 8-sentyabr).
  47. Mullin, Benjamin „Tribune Publishing CEO announces buyouts“. Poynter (2015-yil 5-oktyabr). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.
  48. E&P Staff.. „Pulitzer Winner Explains Why She Took 'L.A. Times' Buyout“. Editor & Publisher. Nielsen Business Media, Inc. (2007-yil 28-may). Qaraldi: 2007-yil 28-may.
  49. 49,0 49,1 Cleeland, Nancy. „Why I'm Leaving The L.A. Times. Huffington Post (2007-yil 28-may).
  50. James, Meg. „Ross Levinsohn is named the new publisher and CEO of the L.A. Times as top editors are ousted“ (2017-yil 21-avgust). Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
  51. Arango, Tim. „Norman Pearlstine Named Editor of The Los Angeles Times“ (en). The New York Times (2018-yil 18-iyun). Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  52. Robertson, Katie. „Los Angeles Times Hires Its Next Top Editor: Kevin Merida, of ESPN“. The New York Times (2021-yil 3-may). Qaraldi: 2021-yil 3-may.
  53. Yee, Gregory „The Times' downtown L.A. printing facility will shut down in 2024“. Los Angeles Times (2022-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  54. „Times-Mirror Company, Los Angeles Times Olympic Printing Plant, Los Angeles, CA“. PCAD. 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  55. 55,0 55,1 Curwen, Thomas; Molina, Genaro „Storied presses print L.A. Times for the last time as production moves to Riverside“. Los Angeles Times (2024-yil 10-mart). Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
  56. „Photos: The day the presses stopped running | A farewell to the Los Angeles Times Olympic plant“. Los Angeles Times (2024-yil 11-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  57. Wolf, Scott „It's The End Of An Era In Los Angeles“. InsideUSC with Scott Wolf (2023-yil 9-iyul). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  58. „L.A. Times makes changes to printed sports section“ (en). Sports Business Journal (2023-yil 11-iyul). 2023-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  59. Keene, Louis. „New LA Times sports section has Sabbath-observant fans feeling boxed out“. The Forward (2023-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  60. Taylor, Sarah Grace „LA Times slashes newsroom as paper struggles under billionaire owner“. Politico. Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  61. Kilkenny, Katie „Los Angeles Times Officially Names Terry Tang Its Executive Editor“. The Hollywood Reporter (2024-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
  62. Shah, Diane, "The New Los Angeles Times" Columbia Journalism Review 2002, 3.
  63. Rainey, James, "Newspaper Circulation Continues to Fall", Los Angeles Times May 1, 2007: D1.