Lorents

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lorents (Lorentz), LorensXendrik Anton (1853.18.7, Arnem — 1928.4.2, Harlem) — golland nazariyotchi fizigi. Leyden universitetini tugatgan (1872), shu universitet prof. (1878 - 1923), Harlemdagi Teylor instituti direktori (1923 yildan). Ilmiy ishlari nazariy fizikaga oid. J. K. Maksvellttt elektromagnit nazariyasiga asoslanib, elektron nazariyani yaratgan, koʻpgina elektr va optik hodisalarni, xususan, Zeyeman effektini tushuntirib bergan; yorugʻlik dispersiyasini, yorugʻlikning sinish koʻrsatkichi va qutublanuvchanligi orasidagi bogʻlanishni aniqlagan; elektromagnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga taʼsir etuvchi kuch (Lorents kuchi) ifodasini keltirib chiqargan; L. — harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi asoschisi. Nisbiylik nazariyasi asosida yotgan va uning nomi bilan ataladigan ko-ordinatalarni almashtirish (q. Lorents almashtirishlari) ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1902; P. Zeyeman bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil