Loren Alfonso
| Loren Alfonso | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Statistikasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Asl ismi | Loren Berto Alfonso Domínguez | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Millati | ozarbayjonlik, kubalik | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| Tavalludi |
28-iyul 1995-yil Gavana, Kuba | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Loren Berto Alfonso Domínguez – kubalik-ozarbayjonlik bokschi, yarim ogʻir, birinchi ogʻir va ogʻir vazn toifalarida ishtirok etgan.
Havaskor faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alfonso 2017-yilda Kuba chempionatida oʻrta vazn toifasida uchinchi, Ozarbayjon chempionatida yarim ogʻir vazn toifasida 2018-yilda uchinchi va 2019 yilda ikkinchi oʻrinlarni egallagan[1][2][3].
Alfonso 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida Stepan Hrekul, Mikhail Dauhaliavets, Ziad El Mohor, Simone Fiori va Benjamin Whittakerni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[4][5]. Bu muvaffaqiyati bilan u 2019-yilgi Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, Gazimagomed Jalidov va Umar Jambekovlarni magʻlub etib, chorak finalda Dilshodbek Roʻzmetovga imkoniyatni boy berdi[6].
2020-yilning mart oyida Londonda COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtab qolgan va 2021-yil iyun oyida Parijda davom etgan Yevropa Olimpiya oʻyinlari saralashida Alfonso turnirda Stepan Hrekul va Imam Khataevni magʻlub etib, boshqa raqiblari Gazimagomed Jalidov va Benjamin Whittakerning turnirda ishtirok etmagani sababidan jangsiz gʻalabasi ortidan Tokiodagi yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi[7][8]. Loren Tokioda erkaklar oʻrtasida yarim ogʻir vazn toifasida ishtirok etib, Dilshodbek Roʻzmetov va Bayram Malkanni magʻlub etgan boʻlsa, yarim finalda Arlen Lópezga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[9].
Belgraddagi 2021-yilgi Jahon chempionatida Alfonso yangi tashkil etilgan birinchi ogʻir vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu yoʻlda bokschi „Fair Chance“ jamoasi vakili Tavfiqulloh Sulaymoniy, ruminiyalik Andrei Arădoaie, rossiyalik Sharabutdin Ataev, kubalik Herich Ruiz va braziliyalik Keno Machadoni magʻlub etdi[10]. 2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida final jangida Ataevga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[11]. 2024-yilda Belgradda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida u bronza medalini qoʻlga kiritdi[12].
2024-yil iyun oyida Bangkokda boʻlib oʻtgan Olimpiada saralash turnirida Alfonso ganalik Jonathan Tetteh, xorvatiyalik Marko Ćalić, hindistonlik Sanjeet Sanjeet va qirgʻizistonlik Erkin Adilbek uuluni magʻlub etib, 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi. Parijda ogʻir vazn toifasida jang qilgan Loren finalgacha kubalik Julio César La Cruz, qozogʻistonlik Oybek Oʻrolboy, ispaniyalik Enmanuel Reyesni magʻlub etdi, ammo hal qiluvchi jangda oʻzbekistonlik Lazizbek Mullajonovga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega boʻladi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Cuban National Championships 2017“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „Azeri National Championships 2018“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „Azeri National Championships 2019“. amateur-boxing.strefa.pl.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Домингес принес Азербайджану золото Евроигр“ (ruscha). Azerisport (2019-yil 29-iyun).
- ↑ „2. European Games 2019“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „Men's World Boxing Championships 2019“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „Boxing European Qualification 2020“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „Boxing Qualifier 2021“.
- ↑ „Boxing: Men's Feather (75-81kg)“. Tokyo 2020 Olympics. 2021-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „World Championships 2021“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „World Championships 2023“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „European Championships 2024“. amateur-boxing.strefa.pl.
- ↑ „ALFONSO DOMINGUEZ Loren Berto“. Olympics.com.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 28-iyulda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Gavanada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- AIBA boks boʻyicha jahon chempionati sovrindorlari
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari
- Boks boʻyicha jahon chempionlari