London milliy galereyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
London milliy galereyasi
London national gallery
Galería_Nacional,_Londres,_Inglaterra,_2014-08-07,_DD_035.JPG
Asos solingan sana 1824
Joylashuvi Trafalgar maydoni, Westministr, London, Buyuk Britaniya
Keluvchilar soni 6,011,007 (2019)
Direktor Gabriele Finaldi
[1]

London milliy galereyasi — Buyuk Britaniyaning London markazidagi Vestminster shahridagi Trafalgar maydonidagi sanʼat muzeyi. 1824-yilda asos solingan galereyada XIII asr oʻrtalaridan 1900-yilgacha boʻlgan 2300 dan ortiq rasmlar toʻplami mavjud. Uning kolleksiyasi Britaniya jamoatchiligi nomidan hukumatga tegishli boʻlib, asosiy kolleksiyaga kirish bepul. 2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi tufayli u atigi 1,197,143 nafar tashrif buyuruvchini jalb qildi, bu 2019-yilga nisbatan 50 foizga kamaygan, ammo u hali ham dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan sanʼat muzeylari roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi.[1] U Britaniya hukumati 1824-yilda Jon Yuliy Angershteynning merosxoʻrlaridan 38 ta rasm sotib olgach, paydo boʻlgan. Angershteyn Londonda joylashgan rossiyalik muhojir bankir edi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy galereya 1824-yil 10-mayda omma uchun ochildi. Angenshteynning rasmlariga 1826-yilda Bomont kolleksiyasidagilar qoʻshildi. XV-XVI asr italyan rasmlari Milliy galereyaning asosini tashkil etdi.[2]

1876-yili meʼmor ed Berri loyihasi asosida galereyaning sharqiy qanoti quriladi. 1885-yili esa meʼmor Dj.Teylor tomonidan zinali markaziy vestibyul qurilib, galereyaga yana 5 ta zal qoʻshiladi. Zallarning soni koʻpaygani uchun yigʻilgan asarlarni xronologik, sistematik ravishda joylashtirish sharoiti tugʻiladi. Asarlar kelib chiqish joyi, maktabi boʻyicha boʻlinadi. 1871-yili Ser Robert Pil orqali 'galereyaga koʻp sonli flamand va golland rassomlarining kartinalari kelib tushadi. Ularning soni 70 taga yaqin.[3]1875-yili esa Uinn Ellis 94 ta noyob asarlarni Milliy galereyaga taqdim qiladi. Bu kartinalarning 70 tasi Flandriya, Gollandiya, Niderlandiya maktabi rassomlariga tegishlidir. Toʻplangan kartinalarning soni 1000 tadan oshadi. 1880-yilda Galereyaga Leonardo da Vinchining „Qoyalar ichidagi Madonna“ kartinasi kelib tushadi. 1889-yili Rafaelning „Madonna Aksidel“, Van Deykning „karl I portreti“ kabi asarlari galereya uchun sotib olinadi. 15 yildan soʻng esa, Velaskesning „Oyna ushlagan Venera“, 1895-yili el Grekoning „Savdogarlarning ibodatxonadan quvilishi“ kartinalari galereya toʻplamidan oʻrin oladi. 1903-yili Angliyada yangi badiiy oʻquv yurti ochiladi. Bu badiiy oʻquv yurtining ochilishi galereyaning rivojiga katta taʼsir oʻtkazadi.

Hamkor rassomlar
Paula Rego 1989-1990
Ken Kiff 1991-1993
Piter Bleyk 1994-1996
Anna Mariya Pacheso 1997-1999
Ron Muyek 2000-2002
Jon Virtuye 2003-2005
Alison Uatt 2006-2008
Maykl Lendi 2009-2013
Jorj Shov 2014-2016

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1910—1915-yillarda galereyaga ilk bor XIX asr fransuz rassomlarining kartinalari kelib qoʻshiladi. Bularga J.Russo, E.Mane, Dega, K.Lorren kabi rassomlarning asarlari ki-radi. Galereya tashkil etish uchun mister Angersteynning 38 ta kartinasi asos boʻldi. kartinalarning orasida klodning manzaralari, Sebastyano del Piomboning „Lazarning tirilishi“, Titianning „Venera va Adonis“, Rubensning „Sabinyankalarning oʻgʻirlanishi“, shuningdek, Angliyadan chiqqan rassomlardan Xogartning „Rasm boʻlgan nikoh“, Reynoldsning „Admiral Xitfildning portreti“, Uilkinning „Derevenskiy prazdnik“ kabi asarlari eʼtiborlidir. Bulardan tashqari, yana bir qancha kolleksionerlar ham boʻlgan. Bomontning topshirgan kartinalari tufayli galereyada ularning soni 54 gacha koʻpaydi. Galereya ish faoliyatining birinchi oʻn yilliklarida Pussenning „Vakxanaliya“, Titianning „Baxus va Ariadna“, Korredjoning „Savatli Madonna“ kabi asarlari sotib olinadi. 1831-yili esa yirik kolleksioner hisoblangan Xoluell-karr galereyaga oʻzining noyob va badiiy qiymatga ega boʻlgan kolleksiyalarini vasiyat orqali topshiradi. Galereya faoliyatining ilk davrida 44 ta italyan kartinalaridan tashqari, 17 ta boloniyaliklarning polotnolari, 13 ta venetsiyaliklar, 23 ta angliyaliklar, 20 ta fransuzlar (ulardan 10 tasi Klod Lorrenning asarlari), 9 ta flamand, 8 ta golland rassomlari (6 tasi Rembrand qalamiga mansub) ning ishlari mavjud edi. Ispanlar maktabi esa hali toʻlaligicha oʻzini namoyon etmagan edi.[4] Bu noyob sanʼat asarlarning barchasi kolleksioner Angersteynning uyida joylashtiriladi. Vaqt oʻtishi bilan kartinalar koʻpayib boradi va toʻplangan asarlarga joy yetmay qoladi. shu sababli 1831-yil maxsus galereya binosini qurish ishi amalga oshiriladi. Qurilma meʼmor Uilyam Uilkins loyihasi boʻyicha quriladi. Maxsus bino uchun joy Trafalgar maydonining shimoliy qismidan ajratiladi. Binoning markaziy qismi gumbaz bilan yopiladi. Fasad qismida esa antik davrga xos 8 ustunli peshayvon joylashtiriladi. 1838-yilgacha Angersteyn uyida joylashgan galereya ushbu binoga koʻchirilib, omma uchun tantanavor ravishda ochiq deb eʼlon qilinadi. har yili tomoshabinlar soni oshib boradi. Masalan, 1839-yili ularning soni 114 ming boʻlsa, 1841-yili 538 mingga yetadi. shu bilan birga, kolleksionerlarning soni ham oʻsib boradi. Jumladan, 1838-yili lord Farnbru galereyaga Pussen, Reysdal, Gvardi, Rubens kabilarning kartinalarini berishni vasiyat qiladi. 1851-yili esa taniqli ingliz rassomi Djozef Mallard Uilyam Tyorner 300 ga yaqin kartina va 19 mingga yaqin chizmatasvir, akvarel xomaki ishlanmalarini davlatga topshiradi. 1897-yili Tyornerning asarlari Teyt galereyasiga koʻchirilib, u yerdan 9-zalni egallaydi. Milliy galereyada esa Tyornerning „Didone, karfagen“, „Tumandagi tong otishi“ kabi asarlari qoladi. 1855-yili Charlz Istleyk galereyaga direktor etib tayinlanadi. U boshqargan davrda galereya gullab]]-yashnaydi, uning fondi boyib boradi. Uning galereyaga qilgan xizmati nihoyatda katta. Istleyk ilk Niderlandiya, Germaniyaning Uygʻonish davriga oid kartinalarini, Venetsiya, Bolonya maktabiga oid kvatrachento davriga doir kartinalarni yigʻib, galereyaga toʻplaydi. Istleykdan soʻng, Uilyam Bonsxol galereyani boshqargan paytida Mikelanjeloning „Tobutga qoʻyish“, „Avliyo Ioann va goʻdak ushlagan Madonna“ kabi asarlarni qoʻlga kiritadi. kartinalar soni oʻsib bordi. shu boisdan galereyaga qoʻshimcha bino qurilishi uchun yana harakatlar boshlanadi.

Titian. Baxus va Ariadna
Sebastian Piombo. Lazarning tirilishi. 1517-1519
Raislari
Ismi Boshqargan yillari
Charls Lok Istleyk 1855-1865
Uilyam Boksal 1866-1874
Frederik Uilyam Burton 1874-1894
Eduard Poynter 1894-1904
Charls Holroyd 1906-1916
Charls Xolms 1916-1928
Augustus Daniyel 1929-1933
Kennez Klark 1934-1945
Filip Hendi 1946-1967
Martin Davies 1968-1973
Maykl Levey 1973-1986
Neyl MakGregor 1987-2002
Charls Saumarez Smiz 2002-2007
Nikolas Penni 2008-2015
Gabriel Finaldi 2015-hozirgacha

Ikkinchi jahon urushi davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan sal oldin suratlar Uelsdagi joylarga, jumladan Penrin qal’asiga, Bangor va Aberistvit universitet kollejlariga evakuatsiya qilindi. 1940-yilda Fransiyaga hujum vaqtida xavfsizroq joy qidirildi va rasmlarni Kanadaga koʻchirish haqida munozaralar boʻldi. Bu gʻoyani Uinston Cherchill qatʼiyan rad etdi, u rejissor Kennet Klarkga telegrammada „Ularni gʻorlarga yoki yertoʻlalarga koʻmib qoʻying, ammo Britaniyani hech qanday rasm tark etmaydi“ deb yozgan.[5]

[6] Shimoliy Uelsdagi Blaenau Ffestiniog yaqinidagi Manoddagi hudud Galereyadan foydalanish uchun qayta rekonstruksiya qilingan.

Vinset Van Gog. Quyosh gullari

Kartinalarning yangi joylashuvi boʻyicha Martin Devis Galereya kutubxonasi yordamida kolleksiya boʻyicha ilmiy kataloglarni tuzishni boshladi. Manodga koʻchib oʻtish rasmlarni doimiy harorat va namlikda saqlash muhimligini isbotladi, bunga uzoq vaqt shubha qilingan, ammo isbotlanmagan edi. Bu oxir-oqibat 1949-yilda birinchi konditsionerli galereyaning ochilishiga olib keldi.

Dok erkaklari. 1912-yil
Venera va Mars. Sandro Botichelli

Yaqin tarixda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urushdan soʻng galereyada asarlar saqlanadigan xona tashkil qilinadi. U yerda asarlar yaxshi kuzatuvda boʻlib, taʼmirlana boshlanadi. Urushdan keyingi yillarda Milliy galereya uchun surat sotib olish tobora qiyinlashdi. 1970-yili Milliy galereyaning shimoliy qismiga yangi korpus quriladi. 1975-yili bu qurilma yakuniga yetkazilib, uning tantanavor ochilish marosimi oʻtkaziladi. Milliy galereyaning yangi qurilmasida 9 ta katta va 3 ta kichik hajmdagi zallar joylashtiriladi. Umumiy zallarning soni esa 46 taga yetadi. Bulardan tashqari, yangi qurilgan korpusda katta auditoriya tashkil qilinib, u yerda vaqtinchalik koʻrgazmalar, leksiyalar oʻtkazilib turiladi. Butun ekspozitsiya uchun moʻljallangan zallarning 22 tasida italyan rassomlarining asarlari, qolgan 15 tasida Uygʻonish davri rassomlarining ishlari oʻrin oladi. Ispan maktabiga oid kartinalar esa 2 — zalda joylashtiriladi.[7]

1989-yildan beri galereya zamonaviy rassomlarga doimiy toʻplam asosida ish yaratish uchun studiyani taqdim etadigan sxemani ishlab chiqdi. Ular odatda ikki yil davomida yordamchi rassom lavozimini egallaydilar va xizmat muddati oxirida Milliy galereyada koʻrgazmaga ega boʻlishadi. Hozirgi kunda galereya dunyodagi eng nufuzli Milliy galereyalardan biri hisoblanadi. Unda Uygʻonish davridan boshlab, XIX asrgacha boʻlgan yetuk rassomlarning badiiy qiymatga ega noyob asarlari saqlanadi. Tomoshabinlarning soni esa har yili oshib bormoqda.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]