Logʻon svitasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Log'on Svitasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

LOGʻON (LYAKON) SVITASI (Isfara yaqinidagi qishloq nomidan) — Fargona neft-gaz provinsiyasiga mansub stratigrafik boʻlinma, quyi boʻr qatlamlarining alb yarusida joylashgan. Bu svita stratigrafiyasi bilan O. M. Akramxoʻjayev va M. S. Saydaliyeva shugʻullangan. Svita yotqiziqlari oqish, kulrang va pushti ohaktoshlardan iborat. Baʼzi joylarda ohaktoshlar dolomitlashgan. Ular orasida oz miqsorda qizil gil va alevrolit qatlamlari uchraydi. Andijon guruh konlarida gil aralash qumtoshlardan tashkil topgan. Qumtoshlar mayda donali, yashil rangli. Qalinligi Isfara yaqinida 63 m, Quvasoyda 59 m, Soʻxda 25 m, Andijon guruh sturukturalarida 80—95 m, Qoraolmada 212 m, Qurshob botigʻida 161 m va h. k.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil