Kontent qismiga oʻtish

Lodovica Comello

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lodovica Comello
Lodovica Comello 2013-yilda
Lodovica Comello 2013-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 13-aprel 1990-yil (1990-04-13) (35 yosh)
Janrlar Pop
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi, raqqosa
Faoliyat yillari 2008–hozirgi kungacha
Leybllar
Fuqaroligi Italiya
Turmush oʻrtogʻi
Tomas Goldschmidt (turm. 2015)
Bolalari 1
Veb-sayt lodovicacomello.com

Lodovica Comello (1990-yil 13-aprelda tugʻilgan) – italiyalik aktrisa, teleboshlovchi, qoʻshiqchi va raqqosa. Argentinaning Disney kanalida namoyish etilgan „Violetta“ serialidagi Francesca roli bilan xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan[1].

Comello Italiyaning Udine shahri yaqinidagi San Daniele del Friuli komunnasida tugʻilib oʻsgan. U yoshligidan sanʼatga, aktyorlikka, raqsga, gitara chalishga boʻlgan ishtiyoqini namoyish etdi. Comello 8 yoshida gitara darslarini boshladi. Oʻrta maktabda musiqa nazariyasini oʻrgandi va boʻsh vaqtida raqs va aktyorlik bilan shugʻullandi. Comello San-Daniel del Friulidagi I.S.I.S. Superiore Vincenzo Manzini oʻrta maktabida oʻqidi[2]. Maktabda oʻqib yurgan vaqtida u tanlovda gʻolib chiqdi va mukofot sifatida Avstriyaga sayohat qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi[3].

Gastrol safarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Lodovica World Tour (2015)
  • #Noi2 Tour (2017)

Hammualliflikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Violetta en Vivo (2013–2014)
  1. Massimo Galanto. „Violetta, Lodovica Comello incontra i fan a Milano il 5 giugno“ (it). Mondoteen.com (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2014-yil 9-sentyabr.
  2. „Mia vita è Violetta“ (it). ilfruli.it. ilfruli.it (2013-yil 27-aprel). Qaraldi: 2016-yil 18-dekabr.
  3. „Concorsi di scrittura“ (it). Mondoteen.com (2014-yil 27-may). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 9-sentyabr.