Lockheed Martin F-35 Lightning II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
F-35A flight (cropped).jpg

Lockheed Martin F-35 Lightning II („Lokxid-Martin“ F-35 „Chaqmoq II“) — Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan uchta versiyada ishlab chiqilgan koʻp funktsiyali beshinchi avlod qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari oilasi:

  • Harbiy havo kuchlari uchun F-35A quruqlikdagi qiruvchi samolyot (CTOL — conventional takeoff and landing, „oddiy“ uchish va qoʻnish);
  • Qisqa yoʻldan uchish va vertikal qoʻnishga ega F-35B qiruvchi samolyoti (STOVL — Short take-off and vertical landing) ;
  • Dengiz kuchlari uchun F-35C paluba qiruvchisi (CV).