Lochira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lochira — oshirilmagan (hamirturushsiz) hamirdan tayyorlangan non turi. Iliq suvda tuz, soʻng mol yogʻi (baʼzan sariyogʻ yoki margarin) eritilib, hamir qoriladi va 10—15 min. oʻrab, tindiriladi. Soʻngra hamirdan 200 g li zuvalalar uzib olinadi va yupqa qilib (3—4 mm) non shaklida yoyiladi. Yasalgan yupqa non yuziga qalin qilib chakich urilib, tandirda yoki duxovka patnisida pishiriladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil