Loʻlapardoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lo'lapardozdan yoʻnaltirildi)

Loʻlapardoz (fors, loʻla — gʻoʻla)— oʻymakorlikda pardoz turi; boʻrtma (relyef) naqshning novda va chiziklari (tanob, raftor)ga yarim dumaloq shakl berishda qoʻllaniladi. Loʻlapardozda oʻymaning chuqurligi kamayadi va naqsh mayin koʻrinishga ega boʻladi. U mayin shakli, choka pardoz va paxpardoz bilan birga qoʻllanilganda oʻziga xos uygʻunligi bilan ajralib turadi. Ganch, yogʻoch, tosh oʻymakorligida keng qoʻllaniladi. Jumladan, margʻilonlik yogʻoch oʻymakori U. Ahmedov, asosan, shu usulda ishlagan, uning ishlari (eshik, kursi, quticha va boshqalar)da Loʻlapardoz yuksak mahorat bilan bajarilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil