Kontent qismiga oʻtish

Ljuba Welitsch

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ljuba Welitsch
bulg‘orcha: Люба Величкова
Tavalludi 1913-yil 10-iyul
Borisova, Bolgariya
Vafoti 1996-yil 1-sentyabr
Vena, Avstriya
Fuqaroligi Bolgariya
Taʼlimi Sofiya universiteti
Kasbi opera soprano ijrochisi

Ljuba Welitsch (Veličkova; bulg‘orcha: Люба Величкова; 1913-yil 10-iyulda tugʻilgan – 1996-yil 1-sentyabrda vafot etgan) – opera soprano ijrochisi. Bolgariyaning Borisovo shahrida tugʻilgan. Keyinchalik Sofiya va Vena shaharlarida tahsil olgan. 1930-yillarning oxiri, 1940-yillarning boshi va oʻrtalarida Avstriya va Germaniyaning opera teatrlarida qoʻshiq kuylagan. 1946-yilda Avstriya fuqaroligini olgan.

Welitsch Richard StraussningSalome“ operasida bosh rolni ijro etganidan keyin mashhurlikka erishgan. Uchning xalqaro miqyosdagi karyerasi juda qisqa vaqt davom etgan. Xalqaro miqyosda oʻz faoliyatini 1947-yilda Londonda boshlangan va 1949-yildan Nyu-Yorkda davom ettirgan. Biroq 1950-yillarning oʻrtalariga kelib, uning yulduzlik davri nihoyasiga yetgan. Welitschning xalqaro darajadagi faoliyati studiya yozuvlari keng tarqalgan davridan oldin boshlangan. U mashhur boʻlgan paytda operalarning toʻliq yozuvlari, yaʼni studiya orqali tahrirlangan va disk yoki boshqa formatda chiqarilgan yozuvlar hali keng tarqalmagan edi. Shu sababli uning yozib olingan merosi juda cheklangan.

Welitsch 83 yoshida Vena shahrida vafot etgan.

Hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ljuba Welitsch Bolgariyaning Borissovo shahrida tugʻilgan va ikki singlisi bilan oʻzlarining oilaviy fermalarida oʻsgan[1][2]. Uning musiqaga qiziqishi yoshlik chogʻlaridanoq boshlangan[3]. Sakkiz yoshida opalaridan biri unga skripka sovgʻa qilgan va Welitsch bir muncha vaqt professional musiqachi boʻlishni oʻylab yurgan[2][4]. Shumen shahridagi oʻrta maktabni tugatgach, Sofiya universitetida falsafa boʻyicha taʼlim olgan va PhD darajasini egallagan[4]. Bolgariya hukumati tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga Vena shahriga koʻchib, u yerda Davlat akademiyasining qoʻshiqchilik boʻyicha professori Teo Lierhammerdan dars olgan[5][6].

  1. Branscombe, Peter. „Welitsch (Veličkova), Ljuba“, Grove Music Online, Oxford University Press, retrieved 31 August 2018 (subscription required)
  2. 2,0 2,1 Tubman, Howard. „New Prima Donna“, The New York Times, 13 February 1949, p. X7
  3. Harewood, Lord, and Harold Rosenthal. „Ljuba Welitsch“, Opera, volume 4 (1953), pp. 72–77
  4. 4,0 4,1 OʻConnor, Patrick. „A Salome coached by Strauss“, The Guardian, 3 September 1996, p. 18
  5. "Ljuba Welitsch", The Times, 2 September 1996, p. 23
  6. Wechsler, Bert. „Ljuba Welitsch“, Music Journal, Winter 1985, pp. 5–8