Lizogen konversiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lizogen konversiya - lizogenizatsiya tufayli bakteriyalar xossalarining oʻzgarishi. Lizogen konversiya bakteriofaglarning bakteriya genomiga yangi genetik axborot kiritilishi bilan bogʻliq. Lizogen konversiya jarayonida, koʻpincha, bakteriya hujayrasi qobigʻining antigen tuzilmasi, toksinlarni sintezlash xususiyati, ayrim faglarga taʼsirchanligi va boshqa xususiyatlari oʻzgaradi. Bunday oʻzgarishlar bakteriya hujayrasi avlodlari irsiyatiga to profaglarning yoʻqolishigacha oʻtib boradi (qarang Lizogeniya). Virulent faglar taʼsirida bakteriyalar xossalarining oʻzgarishi fag kon-versiyasi deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil