Kontent qismiga oʻtish

Livia Peng

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Livia Peng
Peng 2025-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Livia Maïté Peng[1]
Tavallud sanasi 14-mart 2002-yil (2002-03-14) (23 yosh)
Tavallud joyi Chur, Shveysariya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009–2014 FC Ems
2014–2019 Team South East Switzerland
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019–2022 FC Zürich 67 (0)
2022–2023 BK Häcken 3 (0)
2023Levante (ijara) 5 (0)
2023–2025 Werder Bremen 41 (0)
2025– Chelsea 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Shveysariya U-16 2 (0)
2017–2018 Shveysariya U-17 13 (0)
2019–2020 Shveysariya U-19 5 (0)
2023– Shveysariya 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(11-iyun uchun)

Livia Maïté Peng (2002-yil 14-martda tugʻilgan) – shveytsariyalik professional futbolchi[2], darvozabon sifatida Ayollar Superligasining „Chelsea“ klubi va Shveytsariya ayollar milliy terma jamoasida oʻynaydi. U ilgari Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi „Verder Bremen“, Shvetsiyaning Damallsvenskan klubi „BK Häcken FF“ hamda Shveytsariya ayollar superligasi klubi „FC Zürich Frauen“ tarkibida ham toʻp surgan.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peng yetti yoshida dastlab „FC Ems“ tarkibida futbol oʻynashni boshlagan. Keyinchalik u Shveytsariyaning janubi-sharqiy mintaqaviy yigʻma jamoasiga qoʻshilgan va 12 yoshidan 17 yoshigacha u yerda murabbiy Romano Kabalzar qoʻl ostida toʻp surgan.

2017-yil iyulidan boshlab Peng ilk bor faqat ayollardan tashkil topgan jamoa „FC Zürich“ tarkibida oʻynay boshladi. 2019-yil avgustida u jamoaning asosiy darvozaboni sifatida tanlangan. „FC Zürich“ futbolchisi sifatida Peng UEFA Ayollar Chempionlar ligasi doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

2021–22-yilgi mavsumni ikki sovrin bilan yakunlagach, Peng Shvetsiyaning Damallsvenskan ligasida ishtirok etuvchi Göteborg shahrining „BK Häcken“ klubi bilan professional shartnoma imzoladi[3]. U oʻzining ilk mavsumida uchta liga uchrashuvida va bitta kubok uchrashuvida maydonga tushdi.

Levante (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil yanvarida Peng Ispaniyaning Liga F musobaqasida ishtirok etuvchi „Levante“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. U bu klub safida besh marta maydonga tushdi[4] She played five times.[5].

Werder Bremen

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peng 2023-yil yozida Germaniya Ayollar Bundesligasi klubi „Werder Bremen“ safiga qoʻshildi. U chempionatning ilk turida asosiy tarkibda debyut qilgan[6]. Ushbu uchrashuvda ular „FC Nürnberg“ ustidan 5:1 hisobidagi gʻalaba qozongan. Shu mavsum davomida u jami 20 uchrashuvda oʻynab, beshta oʻyinda darvozasi daxlsiz yakunladi[7].

Pengning 2024–25-yilgi mavsumi alohida eʼtiborga molik boʻldi. Uning birga bir vaziyatlardagi seyvlari juda yuqori baholangan. Kicker jurnali uni mavsum ramziy terma jamoasiga kiritdi[8]. U jami 21 uchrashuvda maydonga tushib, faqatgina miya chayqalishi sababli bitta oʻyinni oʻtkazib yubordi va yettita oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu natijalar „Bremen“ klubiga yettinchi oʻrinni egallashga yordam berdi[9][10][11].

2025-yil 10-iyunda „Chelsea“ klubi Pengning 2025-yil 1-iyuldan rasmiy ravishda jamoaga qoʻshilishini eʼlon qildi. U klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[12].

  1. „FIFA Women's World Cup Australia & New Zealand 2023 – Squad List: Switzerland (SUI)“. FIFA (2023-yil 11-iyul). Qaraldi: 2023-yil 11-iyul.
  2. „Chelsea player pronunciations 😅 🗣️“. Instagram. Chelsea F.C. Women (2025-yil 27-avgust).
  3. „Livia Peng (BK Häcken FF) - Player profile | Forza Football“ (en-GB). forzafootball.com. Qaraldi: 2023-yil 8-yanvar.
  4. „Aminata Diallo and Livia Peng join Levante“. Footbalada (2023-yil 2-yanvar).
  5. „El conjunto granota dice adiós a Livia Peng“ (Spanish). @OficialLigaF. Qaraldi: 2025-yil 3-iyul.
  6. „Werder verpflichtet WM-Teilnehmerin Peng“ [Werder signs World Cup participant Peng] (German). kicker (2023-yil 18-iyul). Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  7. „2023-2024 Livia Peng Match Logs (Goalkeeping)“ (en). FBref.com. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  8. „Gwinn, Cerci, Freigang und Co.: Die kicker-Elf der Saison 2024/25“ (de-DE). kicker. Qaraldi: 2025-yil 1-iyul.
  9. „Werders Torhüterin Peng fällt aufgrund einer Gehirnerschütterung aus - buten un binnen“ (de). www.butenunbinnen.de. Qaraldi: 2025-yil 1-iyul.
  10. „"Ein kleines Märchen für sie": Torhüterin Peng wechselt zu Chelsea“ (de-DE). kicker. Qaraldi: 2025-yil 1-iyul.
  11. „Livia Peng wechselt zum FC Chelsea | SV Werder Bremen“ (de-DE). www.werder.de. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.[sayt ishlamaydi]
  12. „Welcome to Chelsea, Livia Peng!“. www.chelseafc.com.