Liu Yifei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Liu Yifei
刘亦菲

Yifei 2016-yilgi BAZAAR Stars' xayriya kechasida
Tavalludi
An Feng

25-avgust 1987-yil (1987-08-25) (36 yosh)
Uxan, Xubey, Xitoy
Fuqaroligi Xitoy bayrogʻi Xitoy (2002-yilgacha)
AQSH bayrogʻi AQSh (2002-)
Taʼlimi Beijing film akademiyasi
Kasbi
  • Aktrisa
  • qoʻshiqchi
  • model
Faoliyat yillari 2002 – hozirgacha

Crystal Liu (tugʻilgan paytidagi ismi An Feng; 1987-yil 25-avgustda tugʻilgan)[1] Liu Yifei (xitoycha: 刘亦菲; pinyin: Liú Yìfēi) taxallusi ostida tanilgan xitoylik-amerikalik[2][3] aktrisa, qoʻshiqchi va modeldir. Forbes jurnalining „100 ta nufuzli xitoylik kishilar“ roʻyxatiga bir necha marta kiritilgan. 2009-yilda „Yangi toʻrt dan aktrisasi“dan biri deb topilgan[4][5][6].

2020-yilda Yifei Disney studiyasi ishlagan Mulan filmida titul qahramonni jonlantirib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan[7]. Filmdagi mazkur roli ortidan Critics' Choice Super Award, Kids' Choice Award va Saturn mukofotlariga nomzod etib koʻrsatilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu Xubey viloyatining Uxan shahridagi Tongji kasalxonasida dunyoga kelgan[8]. Tugʻilgan paytidagi ismi An Feng (安风 boʻlgan, bunda An otasining familiyasidir. U oilada yagona farzand boʻlgan. Uning otasi An Shaokang (安少康) Fransiyadagi Xitoy elchixonasining 1-kotibi hamda Pekin shahridagi universitetda fransuz tili boʻyicha profesor boʻlgan[5]. Onasi Liu Xiaoli (刘晓莉) Xubeyda raqqosa boʻlgan. Liu 10 yoshga toʻlganida, ota-onasi ajrashishgan. Uni yolgʻiz onasi ulgʻaytirgan. 1997-yilda familiyasini onasinikiga, yaʼni „Liu Ximeizi“ (刘茜美子) ga oʻzgartirgan. Uning choʻqintirgan otasi Chen Jinfei (陈金飞) Jinfei Beijing Tongchan Investment Group boshligʻi boʻlgan[9][10].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Inglizcha nomi Rol Izohlar
2004 Love of May Zhao Xuan
The Love Winner Jin Qiaoli [11]
2006 Abaoʻs Story Xixi Kameo[12]
2008 The Forbidden Kingdom Golden Sparrow
2010 Love in Disguise Song Xiaoqing
2011 A Chinese Fairy Tale Nie Xiaoqian
White Vengeance Consort Yu
2012 The Four Wu Qing
The Assassins Lingju / Diaochan
2013 The Four II Wu Qing
2014 The Four III Wu Qing
For Love or Money Xing Lu
2015 Outcast Zhao Lian
The Third Way of Love Zou Yu
2016 Night Peacock Elsa
So Young 2: Never Gone Su Yunjin
2017 Once Upon a Time Bai Qian / Si Yin / Su Su
The Chinese Widow Ying
Hanson and the Beast Bai Xianchu
2020 Mulan Hua Mulan

Teleseriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Inglizcha nomi Xitoycha nomi Rol Izohlar
2003 The Story of a Noble Family 金粉世家 Bai Xiuzhu
Demi-Gods and Semi-Devils 天龙八部 [Wang Yuyan
2005 Chinese Paladin 仙剑奇侠传 Zhao Lingʻer
Doukou Nianhua 豆蔻年华 oʻqituvchi Xiao Zhao Kameo
2006 The Return of the Condor Heroes 神鵰俠侶 Xiaolongnü
TBA The Love of Hypnosis 南煙齋筆錄 Lu Mansheng Post-production[13]
梦华录 Zhao Paner

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom haqida maʼlumot Teklar roʻyxati Izohlar
Nomi: Liu Yifei
Leybl: Sony BMG Music Entertainment (Hong Kong) Limited
Chiqarilgan sana: 31-avgust 2006-yil
  1. 泡芙女孩
  2. 就要我滋味
  3. 心悸
  4. 幸运草
  5. 放飞美丽
  6. 世界的秘密
  7. 一克拉的眼泪
  8. 做你的秒钟
  9. 毛毛雨
  10. 爱的延长赛
Chinese album
Nomi: All My Words
Leybl: Sony Music Entertainment Japan
Chiqarilgan sana: 6-sentyabr 2006-yil
  1. 真夜中のドア
  2. 恋する週末
  3. HAPPINESS
  4. 愛のミナモト
  5. どこまでも ひろがる空に向かって
  6. テノヒラノカナタ
  7. My sunshiny day
  8. 世界の秘密
  9. CLOSE TO ME
  10. 月の夜
  11. スピード
  12. ~言の花~
Yaponcha albom

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom haqida maʼlumot Treklar roʻyxati izohlar
Nomi: Mayonaka no Door
Leybl: Sony Music Entertainment Japan
Chiqarilgan sana: 19-iyul 2006-yil
  1. 真夜中のドア
  2. brightly
  3. 真夜中のドア (instrumental)
  4. brightly (instrumental)
Yaponcha albom

Saundtreklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Inglizcha nomi Xitoycha nomi Albom Izohlar
2006 I Want My Taste 我要我的滋味
2011 Lan Ruoʻs Lyrics 兰若词
Song of Chu 楚歌 White Vengeance OST Feng Shaofeng bilan birgalikda
2012 Dreams Wonʼt Die 梦不死 The Four OST Deng Chao, Ronald Cheng va Collin Chou bilan birgalikda
Waiting For Snow 等雪来 The Assassins OST Chow Yun-fat bilan birgalikda
2013 Letting Go 放下 The Four II OST
2016 Still Here 还在这里 So Young 2: Never Gone OST Reno Wang bilan birgalikda
2017 Three Lifetimes, Ten Miles of Peach Blossoms 三生三世十里桃花 Once Upon a Time OST Yang Yang
2020 Reflection 自己 Mulan (Original Motion Picture Soundtrack) Liu Yifei bu ashulani ingliz tilida ham kuylagan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Justin „Crystal Liu Yifei Celebrates 31st Birthday On Disney's Mulan Movie Set“ (inglizcha). Hype Malaysia (29-avgust 2018-yil). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  2. Yau, Elaine. „Yao Ming and Kris Wu not Chinese? Online witch hunt of Chinese celebrities with foreign passports“ (27-mart 2020-yil). 27-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2021-yil. „Due to her long years studying and living in America, her mother eventually switched her nationality from Chinese to American.“.
  3. „Nationality Law of the People's Republic of China“. China-Embassy.org. — „Article 3 The People's Republic of China does not recognize dual nationality for any Chinese national ... Article 9 Any Chinese national who has settled abroad and who has been naturalized as a foreign national or has acquired foreign nationality of his own free will shall automatically lose Chinese nationality.“. Qaraldi: 5-avgust 2020-yil.
  4. „80后评新四小花旦 黄圣依杨幂王珞丹刘亦菲获封“ (xitoycha). Sina (29-aprel 2009-yil).
  5. 5,0 5,1 „Crystal Liu Yifei: seven things you don't know about the Chinese actress playing Mulan“. South China Morning Post (1-dekabr 2017-yil).
  6. „美了多年的刘亦菲一直是那个神仙姐姐“ (xitoycha). Sina (4-mart 2016-yil).
  7. Sun, Rebecca; Ford, Rebecca „Disney's 'Mulan' Finds Its Star (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (29-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2017-yil.
  8. „劉亦菲成長照片曝光 跳新疆舞美若天仙“ (xitoycha) (30-noyabr 2005-yil). 20-aprel 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  9. „揭秘刘亦菲富豪"教父" 中国首富榜排23“. NetEase]language=xitoycha (7-may 2008-yil). 14-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  10. „刘亦菲"富豪继父"真实身份揭秘“ (xitoycha). NetEase (6-may 2008-yil). 14-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2010-yil.
  11. „刘亦菲林志颖《恋爱大赢家》“ (xitoycha). Sina (8-noyabr 2006-yil).
  12. „刘涛刘亦菲聂远贺岁剧《阿宝的故事》给狗捧场“ (xitoycha). Sina (7-fevral 2006-yil).
  13. „《南烟斋笔录》主演神秘揭面 刘亦菲井柏然出演“. ent.ifeng.com. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]