Litokimyoviy syomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Litokimyoviy syomka, metallometrik sʼyomka — foydali qazilmalarni izlashning eng muhim geokimyoviy usuli, tog jinslari va ularning nurash mahsullari kimyoviy tarkibini rejali ravishda oʻrganishga asoslangan. Litokimyoviy sʼyomka olingan namunalarning barcha xususiyatlarini kimyoviy va spektral metodlar yordamida aniqlaydi. Natijada foydali qazilmaning asosiy yoki yoʻldosh elementlarining lito-kimyoviy anomaliyalari, tarkibi aniklanadi. Litokimyoviy anomaliya zonasida rudani qazib olish va uning sanoat ahamiyatini aniklash maqsadida qidiruv-razvedka ishlari olib boriladi. L.yeda konlarning joylanish krnuniyatini aniklash maqsadida dare va ariqlarning quruq oʻzanlaridagi allyuvial-prolyuvial yotqiziqlar tekshirib koʻriladi. Litokimyoviy sʼyomka oʻrganilayotgan hududning relyefi, geologik tuzilishiga qarab har xil zichlik (2,0x0,5 km; 500x50 m; 100x20 m) hamda masshtabda (1:200000; 1:50000; 1:10000) oʻtkazi-ladi va geologik, geofizik sʼyomkalar bilan birga olib boriladi. Litokimyoviy sʼyomka natijasida foydali qazilmaning harita, kesma va elementlar tarkibi grafigi tuziladi. Litokimyoviy sʼyomka yordamida kuplab rangli va noyob metall konlari topilgan (mas, Oʻzbekistonning oltin rudali Muruntov koni).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil