Litofil elementlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Litofil elementlar (lito... va yun. phileo — sevaman) — tog jinslari kimyoviy elementlari. Norveg geokimyogari, V. M. Goldshmitning elementlar geokimyoviy tasnifi (1923) boʻyicha Yer pusti (litosfera) minerallarining asosiy qismini tashkil etuvchi kimyoviy elementlar (53 element) guruhi. Tabiatda bu elementlarning asosiy massasi silikatlar tarkibiga kiradi. Shuningdek, Yer pustila Litofil elementlarning kislorodli, kremniyli, alyuminiyli birikmalari ham nihoyatda koʻp tarqalgan. Litofil elementlar Yer poʻstining taxminan 93% massasini, okean suvlaridagi tuzlarning deyarli 97% ni tashkil etadi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, har bir kimyoviy element materiyaga xos boʻlgan barcha xilma-xil xususiyatlarga ega. Har bir kimyoviy elementning oʻziga xos alohida xususiyatlari oʻzi mavjud boʻlgan sharoitlarga bogʻliq ravishda namoyon boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil