Lion Feuchtwanger

FEYXTVANGER (Feuchtwanger) Lion (1884.7.7, Myunxen 1958.21.12, LosAnjeles, AQSH) — nemis yozuvchisi. Myunxen va Berlinda oʻqigan. Dastlab jurnalistika va teatr tanqidchiligi bilan shugʻullangan. "Harbiy asirlar" turkumidagi pyesalarida Birinchi jahon urushi voqealari va xalqning urushga qarshi kurashlari keng ifodalangan. 1933-yildan Fransiyada emigratsiyada boʻlgan. "Tomas Vendt" (1920), "Yahudiy Zyuss" (1920—22), "Koʻrimsiz gersoginya" (1923) romanlari mavzuining rangbarangligi bilan ajralib turgan. "Quvgʻun" (1939) romanida yozuvchi oʻzining surgun tufayli siyosiy kurashdan uzokdashib krlganligini tasvirlagan. "Yahudiylar urushi" trilogiyasi (1932—42) da inson shaxsi muammosiga munosabati va gumanistik karashlari aks etgan. "Akauka Lautenzaklar" (1943), "Simon" (1944), "Tokzordagi tulkilar" (1947), "Tentakning donoligi..." (1952) romanlari, "Beva Kapet" (1956) dramasi va boshqa asarlar muallifi. Koʻpgina asarlari ekranlashtirilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |