Quyonquloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lindelofiyadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Quyonquloq, lindelofiya — govzabondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻrta Osiyoda, Afgʻoniston va Eronda tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun ustunchali Q. yoki koʻkgul turi oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. poyasi tik, boʻyi 40—80 sm. Ildiz boʻgʻzidagi barglari yirik (uz. 25—50, eni 2—5 sm), toʻpguli roʻvaksimon, guli koʻk-havorang . Iyunsentabrda gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Togʻ zonasi, daryo, kanal va yoʻl boʻylarida, paxtazorlarda oʻsadi.