Kontent qismiga oʻtish

Linda Nosková

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Linda Nosková
Mamlakat Chexiya bayrogʻi Chexiya
Istiqomat joyi Přerov, Chexiya
Tugʻilishi 2004-yil 17-noyabr (2004-11-17) (21 yosh)
Vsetín, Chexiya
Boʻyi 1,79 sm
Professionallik Iyul 2019
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Tomáš Krupa
Lukáš Dlouhý
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $4 560 619
Yakkalik bahslar
Rekordi 193–104
Jami titullari 1
Eng yuqori pozitsiyasi 12-oʻrin (5-yanvar 2026)
Joriy pozitsiyasi 12-oʻrin (5-yanvar 2026)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open ChF (2024)
French Open 2-bosqich (2023, 2024)
Wimbledon 4-bosqich (2025)
US Open 3-bosqich (2025)
Boshqa turnirlar
Olympic Games 1-bosqich (2024)
Juftlik bahslari
Rekordi 59–63
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi 60-oʻrin (19-avgust 2024)
Joriy pozitsiyasi 65-oʻrin (10-noyabr 2025)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2-bosqich (2024)
French Open 2-bosqich (2023, 2024)
Wimbledon 1-bosqich (2023, 2024, 2025)
US Open 2-bosqich (2022)
Boshqa juftlik turnirlari
Olimpiyada oʻyinlari Yarim final (2024)
Soʻnggi marta yangilandi: 5-yanvar 2026.

Linda Nosková (2004-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. 2026-yil 5-yanvarda WTA tasnifida yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 12-oʻrin, juftlik bahslari boʻyicha esa 2024-yil 19-avgustda 60-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi. WTA turi doirasida bir marta, yaʼni 2024-yilgi Monterrey Ochiq turniri chempionligini qoʻlga kiritgan. „Katta dubulgʻa“ turnirlaridagi eng yaxshi natijasi — 2024-yilgi Avstraliya Ochiq turniri chorak finali boʻlib, bungacha jahonning 1-raqamli tennischisi Iga Shvyontekni magʻlubiyatga uchratishga erishgan. Hozirda Chexiyada ayollar oʻrtasida yakkalik bahslari boʻyicha 1-raqamli tennischisi hisoblanadi.

Nosková 2021-yil 14-iyunda oʻsmirlar oʻrtasida jahon reytingida 5-oʻringa koʻtarilgan. U 2021-yilgi Fransiya Ochiq turnirining yakkalik bahsida gʻolib boʻlgan va juftlik bahsi yarim finaliga, shuningdek, 2020-yilgi Avstraliyan Ochiq turnirining juftlik bahsi chorak finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan.

2022-yil avgust oyida u jahonning kuchli 100 talik tennischilari orasida eng yosh oʻyinchiga aylandi. 2023-yil fevralida esa kuchli 50 talikdagi eng yosh tennischi boʻldi. ITF turi doirasida olti marta yakkalik bahslari va bir marta juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritgan.

Nosková Vsetín mintaqasidagi Bystřička qishlogʻida ulgʻaygan. U yetti yoshidan boshlab Valašské Meziříčí qoʻl ostida tennis boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan. Uch yil oʻtgach, sportchi Frenštát pod Radhoštěm shahrchasi yaqinidagi Trojanovice qishlogʻida joylashgan TK Na Dolina klubi oʻyinchisiga aylandi. 2018-yilda tennis bilan yaxshiroq shugʻullanish maqsadida Přerovga koʻchib oʻtdi[1].

Nosková 2021-yilgi Fransiya Ochiq turnirining yakkalik bahsi chempionligini qoʻlga kiritgan[2]. 2021-yil 14-iyunda u ITF oʻsmirlar umumiy reytingida jahon boʻyicha 5-oʻringa koʻtarilgan[3].

2019–21: Professional debyut, ITF turi chempionliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nosková oʻzining ITF turidagi debyut ishtirokini 2019-yil iyul oyida sovrin jamgʻarmasi 25 ming dollarlik Torino turniri saralash bosqichida oʻtkazdi. Asosiy toʻr bahslariga chiqa olmaganiga qaramay, juftlik bahslarida chorak finalga qadar yetib bordi. Oʻsha yil oktyabr oyida sportchi sovrin jamgʻarmasi 15 ming dollarlik Lousada turnirida yakkalik bahslari asosiy toʻridagi ilk ishtirokini oʻtkazdi va oʻzining kattalar safidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Keyingi hafta xuddi shu shaharda oʻtkazilgan yana bir musobaqada Nosková ilk marta yarim finalga chiqishga muvaffaq boʻldi. Bir oy oʻtgach, u oʻz mamlakatida boʻlib oʻtgan 15 ming dollarlik Milovice turnirida yarim finaliga chiqdi.

  1. Němeček, Ivan. „Raketa Noskové stoupá kosmickou rychlostí. Přistane mezi hvězdami? (in Czech)“ (2021-yil 31-avgust).
  2. Pearson, Ed „Noskova's 'Special moment' as she claims maiden Grand Slam title“. itftennis.com (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  3. „Linda Nosková [CZE | junior career overview“]. ITF Tennis.