Kontent qismiga oʻtish

Linda Fruhvirtová

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Linda Fruhvirtová

Fruhvirtová 2023-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida
Mamlakat Chexiya bayrogʻi Chexiya
Tugʻilishi 2005-yil 1-may (2005-05-01) (21 yosh)
Praga, Chexiya
Boʻyi 1.72 m sm
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $1 785 086
Yakkalik bahslar
Rekordi 153–134
Jami titullari 1
Eng yuqori pozitsiyasi 49-oʻrin (2023-yil 26-iyun)
Joriy pozitsiyasi 118-oʻrin (2026-yil 9-fevral)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 4-bosqich (2023)
French Open 1-bosqich (2023)
Wimbledon 1-bosqich (2023, 2025)
US Open 2-bosqich (2022)
Juftlik bahslari
Rekordi 25–25
Jami titullari 2 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 187-oʻrin (2023-yil 9-oktyabr)
Joriy pozitsiyasi 1233-oʻrin (2025-yil 10-noyabr)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2-bosqich (2023)
Wimbledon 1-bosqich (2023)
US Open 1-bosqich (2023)
Soʻnggi marta yangilandi: 2026-yil 20-fevral.

Linda Fruhvirtová (2005-yil 1-mayda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi[1]. 2023-yil 26-iyunda yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 49-oʻringa, 2023-yil oktyabr oyida juftlik bahslari boʻyicha WTA reytingida 187-oʻringa koʻtarilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori koʻrsatkichlari hisoblanadi. Yakkalik bahsi boʻyicha ilk unvonini 2022-yilgi Chennai Ochiq chempionatida qoʻlga kiritgan.

Tavalludi va yoshligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linda Fruhvirtová 2005-yil 1-mayda Chexiyaning Praga shahrida tugʻilgan. Uning 2007-yilda tugʻilgan singlisi Brenda Fruhvirtová ham tennis sporti bilan shugʻullanadi[2][3]. Linda va Brenda Fruhvirtoválar Patrick Mouratoglou jamgʻarmasi stipendiyasi sohibalari hisoblanishadi. Linda 2017-yildan beri Fransiya janubida joylashgan Mouratoglou Tennis Akademiyasida mashgʻulot olib boradi. Sportchi 2021-yil yanvar oyida Evert Tennis Akademiyasida ham sport mashgʻulotlarini oʻtagan[4].

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda oʻsmirlar darajasida Fruhvirtová Petits As turnirida ishtirok etib, ham yakkalik, ham juftlik bahslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[5]. Uning singlisi Brenda esa keyingi yili xuddi shu musobaqaning yakkalik oʻyinlari chempionligiga sazovor boʻlgan va opa-singillar bir xil turnirda ketma-ket ikki yil davomida gʻalaba qozongan birinchi oila vakillariga aylanishgan[6].

Linda Fruhvirtová ITF oʻsmirlar reytingida 2021-yil 13-dekabrda jahon boʻyicha 2-oʻringa chiqishga muvaffaq boʻlgan[7].

2020–21: WTA Tur va ilk bor 300 talikda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fruhvirtová oʻzining WTA Tur asosiy toʻr bahslaridagi debyut ishtirokini 2020-yilgi Praga Ochiq chempionatida oʻtkazdi. Sportchi musobaqaning yakkalik va juftlik turnirlariga yoʻllanma olgan edi[8][9]. Shuningdek, u 2021-yilgi Miami Ochiq turniri saralash bosqichi uchun ham yoʻllanma olgan va birinchi davrada Nina Stojanovićga qarshi oʻyinni boy bergan. Aprel oyida tennischi WTA 250 toifasidagi MUSC Health Open turnirining asosiy toʻr bahsiga taklif qilindi. Ushbu musobaqada Fruhvirtováning raqibi Alizé Cornet uchinchi setda maydondan chetlatilgach, Fruhvirtová oʻzining ilk WTA musobaqasi yakkalik bahsidagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi[4]. Keyingi bosqichda u navbatdagi raqibi Emma Navarroni ham setlarni boy bermagan holda magʻlub etib, chorak finalga yoʻl oldi. Biroq final oʻyini gʻolibi boʻlgan Astra Sharmaga qarshi oʻyinda Fruhvirtová magʻlubiyatga uchradi. 2021-yil 19-aprelda atigi 15 yoshida Linda Fruhvirtová jahon reytingida 138 pogʻona yuqorilab, 361-oʻringa koʻtarilgan holda kuchli 400 talikdagi sportchilar ichida eng yosh tennischiga aylangan[10][11][12]. Sportchi yana bir WTA 250 turnirida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada raqibi Tara Moore ustidan gʻalaba qozongan. Biroq keyingi bosqichda Magda Linettega magʻlub boʻlgan[13].

  1. „České drahokamy sestry Fruhvirtovy! Jak na tom byly v jejich věku Plíšková či Kvitová?“ (cs). sport.cz (2021-yil 26-dekabr).
  2. McLean, Ross. „'She's a pit bull': Meet the Fruhvirtova sisters“. ITF Tennis (2019-yil 12-avgust).
  3. Renton, Jamie. „'She's going to be amazingʻ“. ITF Tennis (2020-yil 3-avgust). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
  4. 1 2 „15-Year-Old Fruhvirtova Tops Cornet for First WTA Win“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
  5. Linda Fruhvirtová bio
  6. „Fruhvirtova's family back-to-back in Tarbes“. Les Petits As (2020-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  7. „Fruhvirtova ITF Profile“. itftennis.com. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
  8. „WTA Prague Open Day 1 Predictions including Veronika Kudermetova vs Eugenie Bouchard“. lastwordontennis.com (2020-yil 9-avgust).
  9. „Prague 2020: Tuesday's Order of Play and Match Points“. wtatennis.com.
  10. „Youth movement takes center stage in Charleston“ (2021-yil 14-aprel).
  11. „WTA rankings as of 19 April 2021“ (2026-yil 25-yanvar).
  12. „Zhu sweeps past Mladenovic in Seoul to win first WTA 125 title“. WTATennis (2021-yil 26-dekabr).
  13. „Linette squeezes past Fruhvirtova, 16, to reach 3rd QF of 2021“ (2021-yil 24-avgust).