Linda Evangelista
| Linda Evangelista | |
|---|---|
![]() Evangelista 2004-yilda | |
| Tavalludi |
10-may 1965-yil |
| Fuqaroligi | Kanada |
| Kasbi | Model |
| Faoliyat yillari |
|
| Turmush oʻrtogʻi |
Gérald Marie (turm. 1987; ajr. 1993) |
| Bolalari | 1 |
| Otasi | Tom Evangelista |
| Onasi | Marisa Evangelista |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 fut 10 inches (1.78 m) |
| Soch rangi | jigarrang |
| Koʻz rangi | koʻk-yashil |
| Agentlik | |
| Imzosi | |
|
| |
Linda Evangelista (1965-yil 10-mayda tugʻilgan) – kanadalik model. Barcha davrlarning eng yetuk va nufuzli modellaridan biri sifatida eʼtirof etilgan va 700 dan ortiq jurnal muqovalarida surati bosib chiqarilgan.
Evangelistaning modellik faoliyati 1984-yilda boshlangan. U oʻzining tugʻilgan yeri Kanadadan Nyu-Yorkka koʻchib kelgach, Elite Model Management agentligi bilan shartnoma imzolagan. Fotograf Peter Lindberghning maslahatiga koʻra, 1988-yilda sochini kalta qilib qirqtirgan.
Moda sanoatining „xameleon“i sifatida taʼriflangan hamda besh supermodel (Evangelista, Christy Turlington, Naomi Campbell, Claudia Schiffer va Cindy Crawford) orasidagi muhim shaxslardan biri boʻlgan Evangelista 1980-yillarning oxiri va 1990-yillar davomida dunyodagi eng mashhur ayollardan biri edi. Hamkasblaridan farqli oʻlaroq, Evangelista modellikdan tashqari yana boshqa sohalarda faoliyat olib borishdan cheklandi. 1998-yilda u oʻz faoliyatini yakunladi, oradan 3 yil oʻtib esa vaqti-vaqti bilan ishlash sharti bilan yana faoliyatiga qaytdi. Model sifatidagi yutuqlari tufayli Evangelista 2008-yilda Fashion File telekoʻrsatuvi tomoshabinlari tomonidan „Barcha davrlarning eng buyuk supermodeli“ deya eʼtirof etilganan.
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Evangelista 1965-yil 10-may kuni Kanadaning Ontario shtatidagi St. Catharines shahrida ishchi sinfiga mansub katolik oilada dunyoga kelgan[1][2]. Uning ota-onasi Marisa va Tomaso (Tom) Evangelista (2014-yilda vafot etgan)[3][4] Italiyaning Pignataro Interamna shaharchasidan koʻchib kelgan. Evangelistaning otasi 1957-yilda emigratsiyadan soʻng General Motors kompaniyasida faoliyat olib borgan[5][6], onasi esa hisobchi boʻlib ishlaydi. Evangelista oilada uch farzandning ikkinchisi boʻlib, uning bir akasi va bir ukasi bor[7][8][9][10][11][12].
12 yoshida Evangelista modellik maktabining oʻzini rivojlantirish kursiga qatnashgan, u yerda unga xushmuomalalik va odob-axloq qoidalaridan saboq berilgan[10] va unga modellik kursiga borishi tavsiya qilishgan[13]. Evangelista Denis Morris katolik oʻrta maktabida tahsil olgan[8]. Oʻsmirlik chogʻida u mahalliy darajadagi modellik faoliyatini boshlagan[14]. 1981-yilda Evangelista Miss Teen Niagara goʻzallik tanlovida ishtirok etgan[4], tanlovda gʻolib boʻlmagan boʻlsa-da, Elite Model Management vakilining eʼtiborini tortgan[6][7][9]. 16 yoshida Evangelista model sifatida ishlash uchun Yaponiyaga uchib ketgan, biroq yalangʻoch harakat qilish bilan bogʻliq noxush voqea sababli modellikni butunlay tashlamoqchi boʻlgan[3]. Shundan soʻng Evangelista Kanadaga qaytgan va oradan 2 yil oʻtgachgina yana modellik faoliyatida oʻzini sinab koʻrishga qaror qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Linda Evangelista“. Biography (2014). 2018-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-iyun.
- ↑ Linda Evangelista, 50 anni: uno sguardo alla carriera.
- ↑ 3,0 3,1 „Linda Evangelista“. Interview Magazine (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 13-iyun.
- ↑ 4,0 4,1 Craven, Jo. „Linda Evangelista biography“. British Vogue (2011-yil 11-may). Qaraldi: 2014-yil 26-noyabr.
- ↑ Rothstein, Mervyn. „Evangelista!“. Cigar Aficionado (autumn 1995). Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 6,0 6,1 Gross, Michael. Model: the ugly business of beautiful women. New York City: William Morrow and Company, Inc., 1995 — 426–435-bet. ISBN 0-688-12659-6.
- ↑ 7,0 7,1 Van Meter, Jonathan. „She's Back“. Vogue (2001-yil sentyabr), s. 572–595. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 Fraser, Don. „Remember Me? Linda Evangelista“. The Kingston Whig-Standard (2013-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 19-iyun.
- ↑ 9,0 9,1 „Linda Evangelista - Voguepedia“. Vogue. August 6, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 25, 2015.
- ↑ 10,0 10,1 Harris, Sarah. „Back In Bloom: The Rebirth Of The Indomitable Linda Evangelista“. British Vogue (2022-yil 18-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
- ↑ „Obituary for Tomaso Evangelista“. St. Catharines Standard (2014-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 1-avgust.
- ↑ Beech, Monique. „New mammography machine offers doctors clearer image“. St. Catharines Standard (2009-yil 18-dekabr). 2012-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-aprel.
- ↑ Derrick, Robin. Vogue Model: The Faces of Fashion. London: Little, Brown, 2010 — 176-bet. ISBN 978-1408702536.
- ↑ Choi, Mary H.K.. „House Of Style: Episode 24“. MTV News (2012-yil 24-iyul). 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.
