Limpopo daryosi
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
| Limpopo | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | |
| Suv sarfi | m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Botsvana, Mozambik, JAR va Zimbabve |
| Limpopo daryosi | |
Limpopo, Timsohli daryo — Janubiy Afrikadagi daryo. Uzunligi 1600 km, havzasining maydoni 440 ming km². Eng katta irmogʻi — Ulifants. Vitvatersrand tizmasining shim. yon bagʻridan boshla-nadi. Mozambik pasttekisligidan oʻtib, Hind okeaniga quyiladi. Yuqori qismida qurgʻoqchil yerlardan oqib oʻtgani uchun suvi kam, quyi qismida bir necha irmoq quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 800 m³/sek. Yozda yogʻingarchilik davrida daryoning quyi oqimida suv sathi 5-7 m koʻtariladi. Quyilish joyidan boshlab 160 km masofada yil davomida kema qatnaydi. Sugʻorishda foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |