Lilit Teryan
| Lilit Teryan Լիլիթ Տերյան | |
|---|---|
| لیلیت تریان | |
|
| |
| Tavalludi |
Լիլիթ Տերյան 31-dekabr 1930-yil |
| Vafoti |
7-mart 2019-yil (88 yoshda) Tehron, Eron |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Parij universiteti |
| Kasbi | Oʻqituvchi |
| Mashhur ishlari | Eronga haykaltaroshlikni qayta joriy etish |
Lilit Teryan yoki Liliet Teryan (1930-yil 31-dekabr – 2019-yil 7-mart) – arman millatiga mansub eronlik haykaltarosh. Tehronda haykaltaroshlik taʼqiqlangach, Lilit bu sanʼatdan dars berishni toʻxtatishga majbur boʻlgan. 2008-yilda oʻz asarlarini koʻrgazmalarda namoyish etishni boshlagan va keyinchalik yana taʼlim berishga qaytgan. Uni „Eron haykaltaroshligining onasi“ deb ulugʻlashgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teryan 1930-yilda Tehron shaharning Naderi hududida tugʻilgan. Uning ota-onasi asli Armanistonlik boʻlgan. Onasi Fransiyada tasviriy sanʼat boʻyicha taʼlim olgan, otasi esa Tehron bankida ishlagan. Onasi qizlarining badiiy mahoratini rivojlantirishga yordam bergan[1][2].
Lilit Parijdagi Beaux Art akademiyasida rasmiy tasviriy sanʼat taʼlimini olgan[1][3].
U haykaltaroshlik oʻqitish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va Eronda birinchilardan boʻlib bu fanni oʻqitgan. U Tehron universiteti Dekorativ sanʼat fakultetida dars bergan[4]. Inqilobdan soʻng haykaltaroshlikni oʻqitish taqiqlangach, darslarni yashirin tarzda davom ettirgan[2].
Uning asarlari Tehronda ilk bor 2008-yilda Tehron Silver Publishing koʻrgazmasida namoyish etilgan. Bir muddat oʻtgach, u Ozod universitetida yana haykaltaroshlik darslarini bera boshlagan[4]. Uni „Eron haykaltaroshligining onasi“ deb atashgan.
U arman alifbosining asoschisi Mesrop Mashtots[2] va Eron milliy qahramoni Yeprem Xonning haykalini yaratgan. Bu haykal Tehrondagi Avliyo Maryam cherkovida joylashgan[4].
Teryan 2019-yilda oʻz tugʻilgan shahrida[4] zinapoyalardan yiqilib vafot etgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Varzi, Changiz M.. „Lilit Teryan: The Doyen of Iran’s Modern Sculpture“ (en). EVN Report (2022-yil 8-mart). 2024-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „زندگینامه : لیلیت تریان (۱۳۰۹- ۱۳۹۷)“ [Biography: Lilith Trian (1309-1397)] (fa). Hamshahri (2011-yil 5-iyul). 2023-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
- ↑ „لیلیت تریان بانوی مجسمهساز در ۸۸ سالگی درگذشت“ (fa). Kayhan London (2019-yil 7-mart). 2024-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „لیلیت تریان از پیشتازان مجسمهسازی در ایران درگذشت“ (fa). BBC News (2019-yil 8-mart). 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.
- ↑ „Sculptor Lilit Teryan dies at 88“ (en). Honaronline (2019-yil 8-mart). 2020-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-yanvar.