Libor Holík

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Libor Holík Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 12-may 1998-yil(1998-05-12)[1]

(24 yosh) Chexiya

Fuqaroligi Flag Chexii Chexiya
Boʻyi    181 cm
Vazni    78 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Jamoa nomi Flag Chexii Viktoria Plzeň
Raqami 44
Yoshlar klublari  
0000—2015 Flag Chexii Slovácko
Klublardagi faoliyati  
2015—2017 Flag Chexii Slavia Praha 1 (0)
2016—2017 Flag Chexii Karviná 17 (1)
2017—2019 Flag Chexii FC Fastav Zlín 28 (1)
2018 Flag Chexii Vysočina 6 (0)
2019—h. v. Flag Chexii Jablonec 69 (2)
2022—h. v. Flag Chexii Viktoria Plzeň 12 (0)
Xalqaro faoliyati
2014 Flag Chexii Chexiya (U 16) 2 (0)
2015 Flag Chexii Chexiya (U 17) 13 (0)
2015—2016 Flag Chexii Chexiya (U 18) 9 (0)
2016—2017 Flag Chexii Chexiya (U 19) 16 (1)
2016—2018 Flag Chexii Chexiya (U 20) 9 (0)
2019—2021 Flag Chexii Chexiya (U 21) 15 (1)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Libor Holík (talaffuzi: Libor Golik; 1998-yil 12-mayda Chexiyada tugʻilgan) — chexiyalik futbolchi, „Jablonec“ futbol klubi himoyachisi, „Viktoria Plzeň“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Libor Holík „Slovácko“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning yozida Libor poytaxtning „Slavia Praha“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 21-noyabr kuni „Slovácko“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u birinchi ligada debyut qildi[2]. 2016-yilning yozida u oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Karviná“ futbol klubi tomonidan ijaraga olingan. 13-avgust kuni „Mladá Boleslav“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[3]. 12-may kuni poytaxtning „Sparta“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Libor „Karviná“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi[4].

2017-yilning yozida Libor Holík „Fastav Zlín“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2018-yil boshida Libor „Vysočina“ futbol klubiga ijaraga berildi. 17-fevral kuni „Slavia Praha“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5].

Ijara muddati tugagach, u „Fastav Zlín“ futbol klubiga qaytdi. 21-iyul kuni „Mladá Boleslav“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 3-noyabr kuni „Karviná“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Libor „Fastav Zlín“ futbol klubi safida ilk golini urdi[7]. 2019-yilning yozida Libor Holík „Jablonec“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 12-iyul kuni „Bohemians 1905“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi[8]. 16-sentyabr kuni „Viktoria Plzeň“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Libor „Jablonec“ futbol klubi safida ilk golini urdi[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Libor Holík Bolgariyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Sloveniya, Belgiya va Germaniya bilan oʻyinlarda maydonga tushdi[10][11][12].

2015-yilda Chexiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gruziyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shvetsiya, Portugaliya, Gruziya va Angliya oʻyinlarida ishtirok etgan[13][14][15][16]. Gruzinlarga qarshi kechgan bahsda Libor gol urdi.

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
1 Flag Chexii Slavia Praha  Chexiya 2015—2017
2 Flag Chexii Karviná  Chexiya 2016—2017
3 Flag Chexii FC Fastav Zlín  Chexiya 2017—2019
4 Flag Chexii Vysočina  Chexiya 2018
5 Flag Chexii Jablonec  Chexiya 2019—2022
6 Flag Chexii Viktoria Plzeň (ijara)  Chexiya 2022—hozirga qadar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Libor Holík // FBref.com (mn.)
  2. „Словацко VS. Славия Прага 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-noyabr). 2020-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  3. „Млада-Болеслав VS. Карвина 1:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-avgust). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  4. „Карвина VS. Спарта Прага 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 12-may). 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  5. „Высочина VS. Славия Прага 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 17-fevral). 2017-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  6. „Фастав VS. Млада-Болеслав 3:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 21-iyul). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  7. „Фастав VS. Карвина 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 3-noyabr).
  8. „Яблонец VS. Богемианс 1905 2:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 12-iyul). 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  9. „Виктория Пльзень VS. Яблонец 3:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 16-sentyabr). 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  10. „Чехия (до 17) VS. Словения (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 6-may). 2020-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  11. „Чехия (до 17) VS. Бельгия (до 17) 0:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-may). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  12. „Германия (до 17) VS. Чехия (до 17) 4:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 12-may). 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  13. „Швеция (до 19) VS. Чехия (до 19) 4:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 2-iyul). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  14. „Чехия (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-iyul). 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  15. „Чехия (до 19) VS. Грузия (до 19) 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.
  16. „Англия (до 19) VS. Чехия (до 19) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 12-iyul). 2022-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.