Leyla Mammadbeyova
| Leyla Mammadbeyova | |
|---|---|
| Leyla Məmmədbəyova | |
|
| |
| Tavalludi |
1909-yil 17-sentyabr |
| Vafoti |
1989-yil 4-iyul (79 yoshda) Boku, Ozarbayjon SSR, Sovet Ittifoqi |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Kasbi | Aviator |
| Mukofotlari |
„Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali „Hurmat belgisi“ ordeni |
Leyla Alasgar gizi Mammadbeyova, qizlik familiyasi Zeynalova[1] (ozarbayjoncha: Leyla Ələsgər qızı Məmmədbəyova; 1909-yil 17-sentyabrda tugʻilgan – 1989-yil 4-iyulda vafot etgan), ozarbayjonlik birinchi aviator ayol[2]. Shuningdek, Kavkazorti, Janubiy Yevropa va Gʻarbiy Osiyodagi birinchi uchuvchi ayol boʻlgan[3][4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mammadbeyovaning otasi Alasgar Zeynalov Ozarbayjonning kinematografiya sohasidagi ilgʻor aktyorlaridan biri Guseyn Arablinskiyning amakivachchasi edi[5]. Uning oilasi sanʼatga oshno boʻlgan, shu sababli Mammadboyeva ham oʻsmirligida piano va tor chalishni oʻrgangan. 14 yoshida kurdaxanilik sobiq yer egasi Bahrom Mammadbeyovga turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi keyinchalik Bokudagi Kasaba uyushmalari banki boshligʻi lavozimiga koʻtarilgan[5].
Mammadbeyova Boku aviaklubida professional uchuvchi sifatida tayyorgarlikdan oʻtgan. 1931-yilda ilk marta parvoz qilgan. 1932-yilda Moskvadagi uchuvchilar maktabida tahsilini davom ettirgan. 1933-yil 17-mart kuni Mammadbeyova Moskvadagi Tushino aerodromida Polikarpov Po-2 samolyotidan parashyutda sakrab, Sovet Ittifoqida Nina Kamnevadan keyin ikkinchi ayol parashyutchiga aylangan. 1934-yilda Mammedbeyova Kavkazorti xalqlari vakillari oʻrtasida oʻtkazilgan parashyutdan sakrash boʻyicha musobaqada gʻolib chiqqan. 1941-yilga kelib esa Sovet armiyasida eskadron qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan[6].
Mammadbeyova Boku aviaklubida uchuvchi va instruktor sifatida faoliyatini davom ettirgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etish uchun unga ruxsat berilmagan, chunki oʻsha paytda Mammedbeyova toʻrt nafar farzandini tarbiyalayotgan edi (olti farzandning onasi boʻlgan). Urush sharoiti tufayli Boku aviaklubi yopilganiga qaramay, Mammadbeyova mustaqil tarzda planyor va parashyutdan saktrash boʻyicha kurslar tashkil etgan. Ushbu kurslarda yuzlab jangchi uchuvchilar hamda taxminan 4 000 nafar parashyutchini tayyorlagan. Uning ikki nafar shogirdi keyinchalik Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Mammadbeyova oʻzining 1949-yilda soʻnggi parvozini amalga oshirgan va 1961-yilga qadar DOSAAFning (Mudofaa, aviatsiya va flotka koʻmaklashuvchi ixtiyoriy jamiyati) Boku boʻlimida rais oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[7].
Mammadbeyovaning katta oʻgʻli Firudin Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan, kenja oʻgʻli Xonlar esa Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushida uchuvchi sifatida qatnashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Conquering the Skies. Baku Magazine, #2 (22), March–April 2011; p. 72.
- ↑ (ruscha) The Proprietress of the Sky Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh. by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007 - ↑ The Living Age… by Eliakim Littell and Robert S. Littell. Making of America Project. Littell, Son & Company, 1934; p. 226-27
- ↑ „Visions of Azerbaijan Magazine ::: Leyla Mammadbeyova - The East's First Female Flyer“ (en). Visions of Azerbaijan Magazine. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 Conquering the Skies. Baku Magazine, #2 (22), March–April 2011; p. 72.
- ↑ (ruscha) The Proprietress of the Sky Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh. by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007 - ↑ (ruscha) The Proprietress of the Sky Webarxiv andozasida xato:
|url=qiymatini tekshiring. Boʻsh. by I.Gadirova. Nash Vek. 7 May 2004. Retrieved 6 June 2007