Leykoderma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Leykopatiyadan yoʻnaltirildi)

Leykoderma, leykopatiya — teri pigmenti (melanin)ning kamayishi yoki butunlay yoʻqolishi tufayli terining ayrim joilarida oq mayda doglar paydo boʻlishi. Ilgari boʻlib oʻtgan teri kasalliklari (ekzema, temiratkilar va boshqalar) oqibatida, baʼzi dorilar taʼsirida yoki umumiy kasalliklar (ikkilamchi zahm va boshqalar)ning belgilaridan biri sifatida paydo boʻlishi mumkin. Chin va soxta L. farq qilinadi. Davo kasallikning asosiy sababini bartaraf qilishga qaratiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil