Lewis Bate

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lewis Bate
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lewis Michael Bate[1]
Tavallud sanasi 28-oktyabr 2002-yil (2002-10-28) (21 yosh)
Tavallud joyi Sidcup, London, Angliya bayrogʻi Angliya[2][3]
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oxford United klubida ijarada
Leeds United klubidan
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2011 Foots Cray Lions
2011—2021 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Leeds United 3 (0)
2022-Oxford United (ijara) 1 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 England U17 7 (0)
2019 England U18 2 (0)
2021- England U20 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-noyabr uchun)

Lewis Michael Bate (2002-yil, 28-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Leeds Uniteddan ijara asosida Oxford United klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Londonda tugʻilgan Bate oʻz faoliyatini Sidcupda joylashgan mahalliy Foots Cray Lions jamoasida boshlagan, 8 yoshida Chelsea klubi safigaga qoʻshilgan[4][5]. U Chelsea va Liverpool afsonalari Frank Lampard va Steven Gerrardni bolaligida oʻzi yaxshi koʻrgan futbolchilar qatoriga qoʻydi[6].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Chelsea[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chelseaning 18 va 23 yoshgacha boʻlgan jamoalarida asosiy futbolchi boʻlgan, kegin Bate Chelseaning asosiy jamoasi safida uch marta zaxira oʻrindigʻiga qoʻshildi. Biroq, u asosiy jamoada maydonga tushmadi va 2021-yilda Stamford Bridgeni tark etishi mumkin edi, chunki Bluesning (koʻklarning) shartnoma taklifini rad etdi[7][8].

Angliya Leeds United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 21-iyulida Leeds United Bate bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[9][10][11]. Shartnoma imzolangandan soʻng, Bate 23 yoshgacha boʻlganlar safida yaxshi taassurot qoldirganidan soʻng tezda asosiy jamoa tarkibiga kiritilishi mumkinligi aytildi[12]. U 23 yoshgacha boʻlgan Leeds safida birinchi golini 2021-yilning 4-noyabrida EFL Trophy doirasida Salford Cityga 5:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻldi[13]. Bate 2022-yilning 9-yanvarida Angliya kubogining 3-raundida West Ham United klubiga qarshi oʻyinda (2:0) asosiy tarkibda Leeds United safida debyut qildi[14]. U Premyer-ligadagi debyutini keyingi haftada, West Ham Unitedga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, u birinchi boʻlimda Adam Forshawning oʻrniga maydonga tushdi, ammo ikkinchi boʻlimning oʻrtalarida Leeds 3:2 hisobida oldinda boʻlib, Rodrigoni maydonga tushirib taktik oʻzgarish qildi[15][16].

Angliya Oxford United (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 4-avgustida Bate 2022-23-yilgi mavsum davomida Birinchi liganing Oxford United klubiga ijara asosida qoʻshildi[17].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bate Angliya terma jamoasini 17, 18 va 20 yoshgacha boʻlgan yosh toifalarida himoya qilgan. U oʻzining 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi safidagi birinchi golini Italiyaga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[18].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bate kuchli toʻp uzatuvchi va driblingchi, shuningdek, kurashda yaxshi boʻlishi bilan birga, yarim himoyachi rollarida yaxshi oʻynay oladi[19]. U himoyada ham, oldinda ham kuchli deb taʼriflangan va oʻyinni nazorat qila olish qobiliyati uchun Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Clarence Seedorfga qiyoslangan[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 8-may holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Chelsea U21 2020-21 2 0 2 0
Leeds United U21 2021-22 2 1 2 1
Leeds United 2021-22 Premier League 2 0 1 0 0 0 3 0
Karyera jami 2 0 1 0 0 0 4 1 7 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish 2020/21 retained lists“. premierleague.com (4-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  2. Lewis Bate WorldFootball.net saytida
  3. „Lewis Bate – the Sidcup Seedorf“. The Chelsea Spot. Qaraldi: 24-dekabr 2021-yil.
  4. „Teenage kicks: Lewis Bate“. chelseafc.com (9-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  5. „Leeds United Complete Lewis Bate Signing from Chelsea“. leedsunited.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil. „Leeds United Complete Lewis Bate Signing from Chelsea“. leedsunited.com. 22 July 2021.
  6. Gott. „Lewis Bate: Things to know about Leeds United's new starlet“. 90min.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  7. Kinsella. „Chelsea wonderkid Bate close to joining Leeds after rejecting new Blues contract“. goal.com (20-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  8. Macdonald. „Who is Lewis Bate? The Chelsea starlet set for Leeds United switch“. footballtransfers.com (20-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  9. „Leeds United Complete Lewis Bate Signing from Chelsea“. leedsunited.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  10. „Leeds seal deal for Chelsea teenager Bate“. bbc.co.uk (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  11. Hay. „Leeds complete transfer of Lewis Bate from Chelsea“. theathletic.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  12. Brookes. „Leeds latest news: Hugely promising teenager could have development "accelerated"“. givemesport.com (26-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  13. Snelson. „Lewis Bate opens Leeds United account with sensational solo goal as Salford City knock the Whites out of the EFL Trophy“. yorkshireeveningpost.co.uk (3-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  14. „Leeds United complete Leo Hjelde swoop“. Leeds United FC (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-avgust 2021-yil.
  15. Steinberg. „West Ham v Leeds: Premier League Live!“. Guardian.co.uk (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  16. Steinberg. „West Ham 2–3 Leeds United: Harrison hat-trick dents Hammers’ top-four push“. www.Guardian.co.uk (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  17. „Lewis Bate Joins Oxford United“. Oxford United F.C (4-avgust 2022-yil). Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  18. „Match Report: England MU20 1–1 Italy“. englandfootball.com (7-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  19. Snelson. „Lewis Bate: the versatile former Chelsea midfielder who wants trophies with Leeds United“. yorkshireeveningpost.co.uk (8-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
  20. Gott. „Lewis Bate: Things to know about Leeds United's new starlet“. 90min.com (22-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil. Gott, Tom (22 July 2021).