Levi Strauss & Co.

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Levi Strauss & Co.
Turi biznes, retail chain, brick and mortar, korxona va ommaviy kompaniya
Tarmogʻi kiyim-kechaklar ishlab chiqarish
Qachon asos solingan 1-may, 1853-yil
Hududiy xizmati dunyo miqyosida
Asoschi(lari) Levi Strauss
Rahbariyat

Chip Bergh; Harmit Singh;

Stephen Neal (rais)
Mahsulot(lar)i jinsi kiyim-kechaklar
Brendlari Levi's, Dockers, Denizen, Signature by Levi Strauss & Co.
Aylanma daromadi $5.764 milliard (2021)
Operatsion foydasi $686 million (2021)
Ishchilar soni 15,100 (2018)
Vebsayti www.levistrauss.com

Levi Strauss & Co.Amerikaning kiyim-kechak (birinchi navbatda jinsi) va poyabzal ishlab chiqaruvchi taniqli kompaniyalaridan biri. Bosh qarorgohi San Franciscoda joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya 1853-yilda AQShning San-Francisco shahrida Levi Strauss tomonidan tashkil etilgan.

1849-yilda Kaliforniyada oltin qazib olish ishlari boshlanadi. 1853-yilda Levi Strauss quruq mahsulotlarni kemada San-Fransciscoga olib keladi. Kema portga kirgunga qadar barcha tovarlar sotiladi va faqatgina tuval qoladi. Straus tikuvchiga ushbu matodan tikilgan shimlarni buyurtma qiladi va mahsulotlar bir zumda sotilishiga muvaffaq boʻlishadi. Shundan soʻng, Straus portdagi 700 ta kemada yelkanlarni sotib oladi, chunki ularning ekipajlari allaqachon kemalarni tashlab, oltin qidirishga ketishgan boʻlishadi.

1872-yilda Nevada shtatining Reno shahridan kelgan rus yahudiy muhojiri Jacob Davis Strausdan turli xil iplar, ignalar, ilgaklar, tugmalar, qaychi va hokazolarni sotib olgan holda mijoz uchun shimining choʻntaklari metal perchinlar tufayli tez-tez yirtilib ketganligi sababli uning shimiga choʻntaklar oʻrnatib beradi. Chiziqli shimlar oʻz mijozlariga maʼqul boʻladi va Davis bu gʻoyani patentlashga qaror qiladi[1]. Ammo u patent uchun 68 dollar yig‘a olmaydi va shuning uchun ham sherigi Levi Strausga xat yozib, unga murojaat qiladi.

1873-yil 20-mayda Strauss va Devis kiyimdagi metall perchinlardan foydalanish uchun patent oladilar. Birinchi yili Straus 21 000 juft shim va koʻylaklarni sotishga muvaffaq boʻladi. Orqa choʻntaklardagi perchinlar keyinchalik mustahkamlangan tikishlar bilan almashtirilishi kerak edi — ular egarni tirnashadi va mebelni buzib yuborishadi.

1886-yilda mashhur charm yorligʻi ikki otning shimlarni yirtib tashlashdagi muvaffaqiyatsiz urinishlari ketidan paydo boʻladi[1].

Levi Strauss 1902-yil 26-sentabrda vafot etadi. Levi Strauss & Co. kompaniyasi esa uning jiyanlari nomiga o‘tadi.

Zamonaviy koʻrinishdagi jinsi shimlar XX asrning 20-yillarida ishlab chiqarila boshlandi. Dastlabki 501 modeldagi jinsida kamar ilmoqlari mavjud emas edi. Model raqami ular uchun ishlatiladigan matoning partiya raqami boʻlgan.

Keyinchalik, Levi Strauss & Co. yaxshi obroʻga ega yirik kompaniyaga aylanadi.

1990-yillarda kompaniya denim bozoridagi ulushining yarmidan koʻpini yoʻqotadi. Levi Strauss & Co. klassik tor jinsi shimlar ishlab chiqarishni davom ettiradi, ammo oʻsha vaqtda keng shim kiyish yoshlar orasida moda tusiga kirgan edi. 1996-yildan 1999-yilgacha davr mobaynida kompaniya savdosi 28% ga kamayadi.

Kompaniya boshqaruvi va boshqaruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levi Strauss & Co. kompaniyasining asoschilari Levi Straussning merosxoʻrlari hisoblanishadi[2].

Kompaniyaning direktorlar kengashi raisi — Richard L. Kauffman, prezident va bosh direktor — John Anderson hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levi Strauss & Co. dunyoning turli mintaqalarida joylashgan uchta boʻlinmalarda oʻz faoliyatini olib boradi.

  • Levi Strauss, Shimoliy Amerika (LSNA), kompaniyaning bosh qarorgohi San-Franciscoda joylashgan.
  • Levi Strauss Europe (LSE), Brusselda joylashgan.
  • Asia Pacific Divicion (APD), Singapurda joylashgan.

Savdo markalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Levi Strauss & Co. kompaniyasi oʻz mahsulotlarini uchta asosiy brend ostida ishlab chiqaradi:

  • Levi's — 1873-yilda yaratilgan asosiy brend;
  • Dockers. Brend 1986-yilda tashkil etilgan. 2004-yilga kelib kompaniya brendni sotishga harakat qiladi;
  • Levi Strauss Signature. Brend 2003-yilda Wal-Mart, Kmart va Target yirik chakana savdo tarmoqlarida sotish uchun yaratilgan marka.
  • Levi’s XX, Levi Straussning Levi’s Vintage Clothing va Made and Crafted premium boʻlimi. Gollandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan.

Faoliyat koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda kompaniya xodimlarining soni qariyb 17 ming kishini tashkil etdi (1,01 ming ishchi xodim — San-Fransiscodagi bosh ofisda)[2].

Kompaniyaning oʻzi bergan maʼlumotlarga koʻra, Levi Strausning 2008-yildagi daromadi 4,4 milliard dollarni (2007-yilga nisbatan 1 foizga oʻsgan), operatsion foydasi 525 million dollarni (2007-yilga nisbatan 18 foizga kamaygan), sof foydasi esa 229 million dollarni tashkil qilgan (50% ga kamaygan)[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „История Levi’s. BrandNews“. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-avgust.
  2. 2,0 2,1 „Levi Strauss & Co. - Company“. 2006-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.
  3. „Levi Strauss & Co. 2008 Annual Report“. 2009-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]