Lev Vasilenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lev Dominikovich Vasilenko (11899.30.10 (12.11), Kaluga Sh.-1979, Toshkent) — onkolog-jarroh; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1947). Tibbiyot fanlari doktori (1937), professor (1940). Oʻrta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1923). ToshMI onkologiya klinikasining boshligʻi (1923—41). Urush qatnashchisi. 1945 yildan ToshMI gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, ayni chogʻda institut rektorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1951—55). 1970 yildan pediatriya fakulteti jarrohlik kasalliklari kafedrasida professor maslahatchi, Ilmiy ishlari jarrohlik va onkologiya masalalariga bagishlangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil