Lev III

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lev III (taxminan 675 — 741) — Vizantiya imperatori (717 yildan). Isavriya sulolasi asoschisi. Konstantinopol boʻsagʻasida (718 i.), Akroinos yaqinida (740 yil) arablar hujumini qaytargan. L. III 726 yilda Eklog (Qonunlar toʻplami) ni nashr ettirgan. Ikonaga qarshi kurashuvchilar harakati asoschisi. LEV VI Dono (866 — 912) — Vizantiya imperatori (886 yildan). Makedon sulolasidan. L. VI eski qonun normalarini qaytadan koʻrib chiqish va qonunlar toʻplami — Vasiliki (baziliki) toʻgʻrisida farmonlar (novellalar) chiqargan (890 yil). Arablar bilan urushlar olib borgan. Bolgariya bilan boʻlgan urush (894—896 yillar) da magʻlubiyatga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil