Let It Be

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Let It Be“
The Beatles singli
„Let It Be“ albomidan
B tomon „You Know My Name (Look Up the Number)“
Qachon chiqarilgan 6-mart, 1970-yil(1970-03-06)
Yozib olingan
  • Apple, 31-yanvar 1969-yil
  • EMI, 30-aprel 1969-yil, 4-yanvar 1970-yil
Janr
Davomiyligi
  • 3:50 (singl versiya)
  • 4:03 (albom versiya)
Leybl Apple
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar)
The Beatles Buyuk Britaniya singllar xronologiyasi
„Something“ / „Come Together“
(1969)
Let It Be
(1970)
„Yesterday“
(1976)
The Beatles AQSh xronologiyasi
„Something“ / „Come Together“
(1969)
Let It Be
(1970)
„The Long and Winding Road“
(1970)

Let It Be“ (tarjimasi „Shunday boʻlaversin“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1970-yilning 6-martida sing oʻlaroq chiqarilgan. Shuningdek, bir oz farqli mikslangan versiyasi guruhning ayni nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni Paul McCartney yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. McCartney „Let It Be“ qoʻshigʻini yozish fikri 1968-yilda „The Beatles“ albomini yozish davrida onasi tushiga kirganidan keyin kelganini aytgan[4]. Qoʻshiqning singl versiyasi George Martin tomonidan hozirlangan boʻlib, unda gitara solosi yumshoqroq hamda orkestr ijrosi ovozi pastroqdir. Albom uchun Phil Spector hozirlagan versiyada esa gitara solosi hamda okrestr partiyalari balandroqdir[5].

„Let It Be“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ xit-paradida oltinchi pogʻonada debyut qilib, birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona McCartney „The Beatles“ guruhini tark etishidan oldin eʼlon qilingan yakuniy singldir. Lekin shunga qaramay, qoʻshiqning albom versiyasi hamda AQSh uchun moʻljallangan „The Long and Winding Road“ singli McCartney guruhni tark etganidan keyin eʼlon qilingan. 1972-yilda Sovet Ittifoqida „Melodiya“ leyblida chiqarilgan mini-albom „The Beatles“ guruhining SSSRda eʼlon qilingan ilk relizidir. Sovet Ittifoqida eʼlon qilingan plastinkaga „Let It Be“ qoʻshigʻi bilan qatorda „Across the Universe“ hamda „I Me Mine“ kompozitsiyalari ham kiritilgan.

Qoʻshiqqa ayrim tanqidchilar salbiy baho bergan. Guruh aʼzosi John Lennon esa oʻzini qoʻshiqdan uzoqlashtirgan va uni McCartneyning oʻzi yozganini urgʻulagan. Shunga qaramay, tarona bir necha eng yaxshi qoʻshiq roʻyxatiga kiritilgan. Xususan, qoʻshiq CILQ-FM radiostansiyasi 2000-yilda tuzgan „Asrning eng yaxshi 500 ta sof rok qoʻshigʻi“ roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egallagan[6] „Mojo“ jurnali esa 2006-yilda qoʻshiqni „101 eng yaxshi Beatles qoʻshigʻi“ roʻyxatida 50-oʻringa qoʻygan[7]. „Rolling Stone“ jurnali 2010-yil tuzgan shunga oʻxshash roʻyxatda qoʻshiq 8-oʻrinni egallagan[8]. Shuningdek, „Let It Be“ jurnalning tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 20-oʻrinni egallagan[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Snoskalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Pitchfork Staff „The 200 Best Songs of the 1970s“. Pitchfork (22-avgust 2016-yil). — „It is pop’s OG “Keep Calm and Carry On,” which is only fitting given that it soundtracked the end of pop’s OG innovators.“. Qaraldi: 13-oktyabr 2022-yil.
  2. Wyman, Bill „All 213 Beatles Songs, Ranked From Worst to Best“. Vulture (7-iyun 2017-yil). Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
  3. Norman, Phillip. Paul McCartney: The Biography. Hachette UK, 2016. „The soft-rock hymn reached number one in America“ 
  4. Miles 1997, s. 20.
  5. Lewisohn 1988, s. 198.
  6. „Q107's Top 500 Pure Rock Songs Of The Century“. 4-mart 2000-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-mart 2021-yil.
  7. Alexander, Phil. The 101 Greatest Beatles Songs. Mojo (iyul 2006), s. 80.
  8. „8. Let It Be“. 100 Greatest Beatles Songs. Rolling Stone. 9-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-may 2013-yil.
  9. „500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone (inglizcha). 2011-04-07. Qaraldi: 2020-01-23.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]